USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyaning Dnepropetrovskka hujumida 3 oylik çaqaloq halok böldi

61 марта
Россиянинг Днепропетровскка ҳужумида 3 ойлик чақалоқ ҳалок бўлди

Rossiya kuçlari bugun, 15 avgustga ötar keçasi Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatiga uyuştirgan hujumi oqibatida 3 oylik çaqaloq halok bölib, yana 11 kişi jarohatlandi. Bu haqda viloyat harbiy mamuriyati rahbari Oleksandr Ganja malum qildi.

Uning aytişiça, hujumlar dronlar, artilleriya va aviabombalar yordamida viloyatning 3 tumaniga uyuştirilgan. Nikopol tumanidagi Marganets şahriga berilgan zarba oqibatida 3 oylik öğil bola halok bölgan.

Jarohatlanganlar orasida 5 yoşli öğil bola, 12 yoşli qiz, 39 yoşli erkak hamda 33, 40, 41 va 62 yoşli ayollar bor. Ularning ayrimlari oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan, yana tört nafar jabrlanuvçiga ambulator yordam körsatilmoqda.

Hujumlar oqibatida köp qavatli uylar, dökon, kinoteatr va avtomobillarga zarar yetgan. Şuningdek, Nikopol tumani va Pokrovsk hamjamiyati ham hujumga uçragan.

Sinelnikovo tumanidagi Mikolayivka, Pokrovsk va Vasilkovka hamjamiyatlariga berilgan zarbalar oqibatida qişloq xöjaligi korxonasi hamda madaniyat markazi şikastlangan. Samar tumanidagi Pişçanka hamjamiyatiga uyuştirilgan hujum oqibatida esa xususiy turar joy majmuasi zarar körgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya qöşinlari Ukrainaning janubi-şarqidagi Zaporoje şahriga dron va raketalar bilan uyuştirgan qöşma hujumi oqibatida 5 kişi halok bölib, 20 kişi jarohatlangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: