Ukraina Roskosmos obektiga Flamingo bilan zarba berdi
Bugun, 15 avgust kuni Ukraina Rossiyaning Samara viloyatidagi Roskosmosga qaraşli Progress markazi, Savasleyka aerodromi hamda Ust-Lugadagi neft obektiga zarba berdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Zelenskiyga köra, Samara viloyatidagi Progress markazi Flamingo raketalari bilan nişonga olingan. Mazkur obekt Ukraina çegarasidan taxminan 900 kilometr uzoqlikda joylaşgan.
“Bugun biz aniq zarbalarimizning yangi muhim natijalariga ega böldik. Rossiyaning Samara viloyatida Roskosmosning muhim obektlaridan biri, jumladan, elektronika işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Progress markaziga zarba berildi. Flamingo raketalari qöllanildi. Bu katta yutuq. Masofa çegaramizdan taxminan 900 kilometrni taşkil etadi”, degan Ukraina Prezidenti.
Uning qayd etişiça, Ukrainaning “uzoq masofali sanktsiyalari” Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi Savasleyka aerodromigaça ham yetib borgan. Zelenskiy mazkur aerodromda Rossiyaning Ukrainadagi şahar va qişloqlarga zarba berişda foydalaniladigan raketa taşuvçilari joylaştirilganini aytgan.
“Bu Ukraina hududidan taxminan 700 kilometr uzoqlikda. Şuningdek, Ust-Luga şahridagi neft obektiga yetkazişimiz kerak bölgan zarar yetkazilganini ham tasdiqladik. Bu obekt çegaramizdan 800 kilometrdan ortiq masofada joylaşgan”, degan Zelenskiy.
Davlat rahbari zarbalarni amalga oşirişda iştirok etgan barça bölinmalarga minnatdorlik bildirgan.
“Rossiyaga qarşi uşbu uruş uçun işlab çiqilgan “uzoq masofali sanktsiyalar” rejamiz amalga oşirilmoqda. Rossiyaning uruş salohiyatini kamaytiriş muhim. Tinçlik kerak va bu Rossiyada muayyan nişonlarga yetkazilgan aniq zarar orqali sezilişi lozim”, deya takidlagan u.
Malumot uçun, Flamingo raketasi – Ukraina tomonidan işlab çiqilgan, uzoq masofaga zarba berişga möljallangan qanotli raketa hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Rossiya kuçlarining bugun, 15 avgustga ötar keçasi Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatiga uyuştirgan hujumi oqibatida 3 oylik çaqaloq halok bölib, yana 11 kişi jarohatlandi.