Ukraina Rossiyaning mudofaa zavodiga zarba berdi
Ukraina mamlakatda işlab çiqarilgan “Flamingo” raketalari bilan Rossiyaning Volgograd viloyatida joylaşgan artilleriya tizimlari va raketa uçiriş majmualari uçun butlovçi qismlar işlab çiqaruvçi zavodiga zarba berdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy özining Telegram-kanalida malum qildi.
Zelenskiyning bildirişiça, tungi hujum oqibatida “Titan-Barrikadi” zavodi hududida yonğin çiqqan. Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) ham öz dronlari Rossiyaning Vladimir viloyatidagi “Vtorovo” neft haydaş stantsiyasiga şu oy içida ikkinçi marta hujum qilganini malum qilgan.
UXX malumotiga köra, mazkur stantsiya neft mahsulotlarini Rossiya içki bozoriga yetkazib beriş va eksport qilişda foydalaniladigan muhim logistika markazlaridan biri hisoblanadi.
“Ukrainaning uzoq masofali “sanktsiyalari” qamrovi kengayib bormoqda. Aynan bizning har kunlik bosimimiz oxir-oqibat munosib tinçlik uçun zamin yaratadi”, degan Zelenskiy Rossiya hududi içkarisiga berilayotgan zarbalarga işora qilib.
Malumotlarga köra, sönggi oylarda Ukraina Rossiyaning neft infratuzilmasi va qurol-yaroğ işlab çiqariş obektlariga örta va uzoq masofali dronlar bilan hujumlarni kuçaytirgan. Kiyev bu harakatlarni Rossiyaning Kiyev va boşqa şaharlarga amalga oşirayotgan keng kölamli raketa va dron hujumlariga javob sifatida izohlamoqda.
Zelenskiyning aytişiça, ötgan hafta davomida Rossiya Ukrainaning 15 viloyatiga qariyb 1400 ta dron va 19 ta raketa uçirgan. Havo mudofaa tizimlarini yetkazib beriş hamda ittifoqçilar bilan dronlar sohasidagi hamkorlik Kiyev uçun ustuvor vazifalardan biri bölib qolmoqda.
Eslatib ötamiz, Rossiyaning keça, 26 iyun kuni amalga oşirgan dron hujumlari oqibatida Ukrainaning Dnepropetrovsk va Sumi viloyatlarida kamida uç kişi halok bölgandi, yana bir neça kişi jarohat olgan edi.