Ukrainaning yangi qanotli raketasi Rossiyani xavotirga soladimi?
27-08-2025, 20:04
316 марта

Ukrainaning yangi qanotli raketasi Rossiyani xavotirga soladimi?
Uning işlab çiqaruvçisi – Ukraina mudofaa startapi bölmiş Fire Point malumotlariga köra, FP-5 Flamingo raketasi 3000 km masofani bosib ötişga qodir va 1150 kg yukni kötara oladi. Uşbu firma kuniga bitta raketa işlab çiqaradi. Ammo joriy yilning oktyabrigaça bu körsatkiç kuniga 7 raketa işlab çiqarişga oşirilişi mumkin. Bu har oyda 200 dan ortiq yoki yiliga 2500 dan ortiq raketaga tögri keladi.“Raketa sinovdan muvaffaqiyatli ötdi. Bu hozirda bizning eng muvaffaqiyatli raketamiz. Dekabrga borib, bizda ularning soni köpayadi va keyingi yil fevralgaça ommaviy işlab çiqariş boşlanişi kerak”, dedi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy.
Norvegiyadagi Oslo universitetining ilmiy xodimi va raketa eksperti Fabian Hoffman Flamingöning portlaş xususiyati va kuçi hozirgi paytda Ukraina foydalanadigan dron va qanotli raketalardan köra samaraliroq ekanini takidladi.
“Agar har oy 30-50 tadan şunday raketalar işlab çiqarilsa, bu Ukrainaga uruş maydonida ustunlik beradi”, degan u.
Flamingöning namoyişi AQŞ Prezidenti Donald Tramp rossiyalik mavqedoşi Vladimir Putinni tinçlik muzokaralariga qöşilişga urinayotgan bir paytda, Pentagon Kiyevga AQŞ tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofali raketalarni Rossiya içidagi nişonlarni uriş uçun qöllaşga tösqinlik qilgani haqidagi xabarlar fonida bölib ötdi.
“Vaşington Ukrainani Rossiyadagi nişonlarga qarşi armiya taktik raketa tizimlarini (ATASMS) joylaştirişni bir neça oy davomida töxtatdi”, deb yozadi “The Wall Street Journal”.
Ertasi kuni bölib ötgan matbuot anjumanida, Zelenskiy Ukraina Vaşington yordamisiz ham Rossiya hududiga zarba bera olişini aytgan.
“Bugungi kunga kelib, biz özimizda işlab çiqarilgan uzoq masofaga uçuvçi qurollarimizdan foydalanmoqdamiz. Rostini aytsam, oxirgi paytlarda biz AQŞ bilan bunday masalalarni muhokama qilmayapmiz”, degan Zelenskiy.