Daryodan bir erkak va qizçaning jasadi topildi
Qozoğistonning Qöstanay viloyati Neçayevka qişloği yaqinida Tobul daryosidan erkak kişi va voyaga yetmagan qizning jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar departamentiga (FVD) tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.
“Ikki kun davomida Qöstanay viloyati FVD xodimlari qidiruv-qutqaruv işlarini olib borişdi. Birinçi kuni ğavvoslar tomonidan voyaga yetmagan qizning jasadi topilib, suvdan olib çiqildi. Erkak kişini qidiriş işlari ertasi kuni davom ettirildi. Ğavvoslik qidiruv-qutqaruv işlari natijasida uning jasadi ham topildi va suvdan olib çiqildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, qidiruv operatsiyasi davomida FVD xodimlari Tobul daryosi qirğoq çiziğining qariyb 2,5 kvadrat kilometr maydonini piyoda közdan keçirgan.
Qöşimça ravişda mutaxassislar dronni ham jalb etgan. Uning yordamida 12,05 gektarga yaqin hudud közdan keçirilgan. Ğavvoslar daryo tubining 39 ming kvadrat metr maydonini tekşirib çiqqan.
“Qidiruv işlariga politsiya xodimlari, mahalliy ijro etuvçi organlar vakillari, volontyorlar va mahalliy aholi ham jalb etildi. Qidiruv-qutqaruv işlari yakunlandi”, deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda halok bölganlar bir-biriga ota va qiz bölişgani xabar qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Çilonzor tumanida joylaşgan Milliy boğ sayilgohi hududidagi taşkil etilgan çömiliş sohilida 4 yoşli qiz çökib ketişi oqibatida vafot etgandi.