USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyadagi daryodan özbekistonlik yigitning jasadi topildi

156 марта
Туркиядаги дарёдан ўзбекистонлик йигитнинг жасади топилди

Turkiyaning Muğla provintsiyasida olib borilgan qidiruv işlaridan söng bedarak yöqolgan Özbekiston fuqarosining jasadi topildi. Mahalliy huquq-tartibot idoralari uşbu hodisa yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, 21 yoşli özbekistonlik yigit Muğla provintsiyasining Seydikemer tumanidagi daryoga çömiliş uçun borgan. Oradan ança vaqt ötgaç, oila azolari yigitning uyga qaytmaganidan xavotirga tuşa boşlagan.

Yigitning otasi uni mustaqil ravişda qidirişga tuşib, daryo böyiga borgan. U yerda öğlining qoldirib ketgan kiyim-keçaklari va buyumlarini topib, zudlik bilan 112 favqulodda yordam xizmatiga murojaat qilgan.

Xabar kelib tuşganidan söng, voqea joyiga jandarmeriya xodimlari, tibbiyot xodimlari, favqulodda vaziyatlar xizmati, dengiz politsiyasi va qidiruv-qutqaruv guruhlari yetib borgan. Şuningdek, suvosti qidiruv işlarini olib boriş uçun malakali ğavvoslar jalb etilgan.

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari natijasida Özbekiston fuqarosining jasadi daryo tubidan topilgan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan dastlabki közdan keçiriş jarayoni ötkazilgaç, marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan ötkaziş uçun morgga yuborilgan.

Hozirgi vaqtda uşbu fojianing barça tafsilotlarini aniqlaş maqsadida rasmiy tergov harakatlari davom etmoqda. 

Eslatib ötamiz, joriy yilning iyun oyida Turkiyada uç kun içida tört özbekistonlik halok bölgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: