Trampning reytingi prezidentlik davridagi eng past darajaga tuşdi
AQŞ Prezidenti Donald Trampning reytingi 33 foizgaça tuşib ketdi. Bu uning amaldagi prezidentlik davridagi eng past körsatkiçi böldi. Bu haqda Reuters/Ipsos tomonidan ötkazilgan sörovnoma natijalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Malum qilinişiça, keça, 17 avgust kuni yakunlangan sörovda respondentlarning 64 foizi Tramp faoliyatini maqullamasligini bildirgan. Prezident reytingi esa oy boşidagi 35 foizdan 33 foizga tuşgan.
Qayd etilişiça, reytingning pasayişiga AQŞning Eron bilan mojaroga aralaşuvi va buning ortidan yuzaga kelgan iqtisodiy oqibatlar sabab bölgan. Mojaro fonida neft bozori izdan çiqqan, benzin narxlari oşgan va bu amerikaliklar kayfiyatiga tasir körsatgani aytilmoqda.
Sörov natijalariga köra, amerikaliklarning 80 foizi AQŞning Eron bilan boğliq mojarodagi iştiroki uzoq davom etadi deb hisoblaydi. Faqat 16 foiz respondent uruş bir neça hafta içida yakunlanişiga işonişini bildirgan.
Şuningdek, respondentlarning atigi 20 foizi Eron bilan boğliq uruş özini oqlagan deb hisoblagan. Iqtisodiy masalalarda esa saylovçilar Demokratik partiyaga köproq işonç bildirmoqda. Sörovda qatnaşganlarning 38 foizi iqtisodiyotni boşqarişda demokratlarni, 35 foizi esa respublikaçilarni afzal körgan.
Reuters/Ipsos sörovi AQŞ böylab 1 166 nafar voyaga yetgan fuqaro örtasida ötkazilgan. Qayd etilişiça, sörovnomadagi xatolik darajasi 3 foizni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Amerika Prezidenti Donald Tramp uçinçi muddatga AQŞ Prezidenti lavozimiga nomzodini qöyişni xohlaşini aytgandi.