“Japarov yoki Taşiyev?” Qirğizistonliklar kimni tanladi?
23-02-2026, 12:36
940 марта

“Japarov yoki Taşiyev?” Qirğizistonliklar kimni tanladi?
Joriy yilning 20 fevral kuni Qirğizistonning “Nomad” telekanali tomonidan ötkazilgan sotsiologik sörov natijalariga köra, respondentlarning 81 foizi Prezident Sadir Japarovning faoliyatini ijobiy baholadi. 14 foiz iştirokçi esa uning işiga salbiy munosabat bildirgan.Taqdim etilgan malumotlarga köra, Japarovning prezidentlik faoliyati davomida uni qöllab-quvvatlaş darajasi 67 foizga oşgan. Bu esa amaldagi davlat rahbarining jamoatçilik orasidagi işonçi sezilarli darajada mustahkamlanganini körsatadi.
Sörov natijalarida boşqa siyosiy yetakçilarning reytingi ham keltirilgan. Xususan, Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq raisi Qamçibek Taşiyev 25 foiz ijobiy baho olgan.
Respondentlarning 55 foizi esa uning faoliyatini salbiy baholagan. Xabarlarga köra, Taşiyevning maşhurlik reytingi 30 foizga pasaygan.
Sotsiologik tadqiqot mamlakat böylab ötkazilgan bölib, unda 1200 nafar voyaga yetgan fuqaro iştirok etgan. Sörovnoma onlayn şaklda taşkil etilgan.