KXDR yon bergan Trampga 10 ta raketa otib “minnatdorlik bildirdi”
Şimoliy Koreya bugun, 20 avgust kuni 10 ga yaqin qisqa masofali ballistik raketani Şarqiy dengiz tomon uçirdi. Raketa sinovlari AQŞ Prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya bilan qöşma harbiy maşğulotlarni qisqartirişga körsatma berganidan bir kun ötib amalga oşirildi. Bu haqda “The Guardian“ xabar berdi.
Janubiy Koreya Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi malumotiga köra, raketalar Pxenyan hududidan soat 17:00 atrofida uçirilgan va Şimoliy Koreyaning şarqiy suvlariga yönalgan. Raketalar taxminan 300 kilometr masofani bosib ötgan.
Janubiy Koreya harbiylari kuzatuv işlarini kuçaytirganini hamda raketa uçirilişi yuzasidan AQŞ va Yaponiya bilan malumot almaşinayotganini bildirgan.
Avvalroq, Tramp Pentagonga maşğulotlar kölamini “sezilarli darajada qisqartiriş“ böyiça topşiriq bergan edi. Şundan söng, AQŞ va Janubiy Koreya 11 kunlik harbiy maşğulotlarini 5 kunga qisqartirişga qaror qilgandi. Natijada maşğulotlar rejalaştirilganidan olti kun oldin, ertaga, 21 avgust kuni yakunlanadi.
Şimoliy Koreya yetakçisining nufuzli singlisi Kim Yo Çjon keça, 19 avgust kuni Trampning bayonotini rad etib, bu haqda izoh berişga arzimasligini aytgan.
“Maşqlarning davomiyligi va hajmi qisqartirilganiga qaramay, ularning provokatsion, tajovuzkor tabiati özgarmaydi. Agar AQŞ özining sönggi çorasini “yaxşi niyat” deb ataş mumkin deb hisoblasa, ular kerakli javobni olmaydilar”, degan u.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Çen In bilan yaxşi munosabatda ekanini aytib maqtangandi.