Nigeriyada qayiq ağdarilib ketdi. Önlab bolalar qurbon böldi
Nigeriyaning Sokoto ştatida odamlar ortiqça yuklangan qayiq ağdarilişi oqibatida kamida 50 kişi, asosan bolalar, halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 20 avgust kuni ştatning Goronio hududidagi Gorau qişloği yaqinida sodir bölgan. Milliy içki suv yöllari boşqarmasi vakili Abdulqodir Yusufning malum qilişiça, qutqaruv işlari hanuz davom etmoqda.
Agentlik manbasi Goraudagi mahalliy masjid hovlisida dafnga tayyorlangan 50 nafar marhumning jasadini körgan. Jasadlarning aksariyati töşak va ananaviy matolarga öralgan.
Mahalliy aholi vakillarining aytişiça, qayiqda şoli yiğim-terimiga borayotgan fermerlar va işçilar bölgan. Ularning biri qayiqda 70 dan ortiq odam bölganini aytgan bölsa, boşqa bir guvoh 57 kişi borligini malum qilgan.
Yusufning aytişiça, topilgan jasadlarning qariyb 40 nafari bolalar bölgan. Sokoto ştatining parlamenti deputati Nasiru Adamu esa qayiqdagi yölovçilarning aksariyati 10-15 yoşli bolalar bölganini, 16 kişi qutqarilganini aytgan.
Guvoh Şarhabilu Kiliya qurbonlar soni 53 nafarga yetganini malum qilgan.
“46 kişini dafn qildik, hozir yana jasadlar olib kelindi. Qurbonlar soni 53 nafarga yetdi”, degan u.
Malumot uçun, Nigeriyada qayiq halokatlari tez-tez uçrab turadi. Bunga qayiqlarning meyoridan ortiq odam bilan yuklanişi, texnik xizmat körsatişning yetarli emasligi va xavfsizlik qoidalari nazoratining sustligi, ayniqsa yomğirli mavsumda, sabab böladi.
Eslatib ötamiz, mamlakatning şimoli-şarqidagi Yobe ştatida ham joriy yilning yanvar oyida qayiqdagi nosozlik oqibatida kamida 25 kişi halok bölgan edi.