USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qurultoyga saylovlarning dastlabki natijalari elon qilindi

87 марта
Қурултойга сайловларнинг дастлабки натижалари эълон қилинди

Bugun, 24 avgust kuni Qozoğiston Markaziy saylov komissiyasi Qurultoyga ötkazilgan saylovlarning dastlabki natijalarini elon qildi. Bu haqda “Vlast” xabar berdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirovning malum qilişiça, 12 mln 623 ming 289 ta byulletendan saylovçilar 9 mln 351 539 tasini olgan, iştirok 74,08 foizni taşkil etgan.

Qozoğistonliklarning ovozi quyidagiça taqsimlandi:

  • “Adilet” – 6 528 948 ovoz, yoki 71,17 foiz;
  • “Auil” – 574 621 ovoz, yoki 6,26 foiz;
  • “Respublika” – 509 631 ovoz, yoki 5,56 foiz;
  • “Ak jol” – 478 083 ovoz, yoki 5,21 foiz;
  • UQSDP – 469 058 ovoz, yoki 5,11 foiz;
  • Qozoğiston Xalq partiyasi – 285 395 ovoz, yoki 3,11 foiz;
  • “Baytak” – 97 751 ovoz, yoki 1,07 foiz;
  • hammaga qarşi – 2,51 foiz.

Şunday qilib, QXP va “Baytak” deputatlik mandatlarini oliş uçun zarur bölgan 5 foizlik çegaradan öta olmagan. Uşbu partiyalar vakillari Qurultoyda bölmaydi.

Keça, 23 avgustdagi saylovlar ikki palatali parlamentdan bir palatali parlamentga ötişni nazarda tutuvçi yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin belgilangan edi.

Malumot uçun, “Adilet” partiyasi joriy yilning may oyida taşkil etilgan va iyun oyida röyxatdan ötkazilgan. Şundan söng, darhol mamlakatning eng nufuzli siyosiy partiyasi – “Amanat” unga qöşilgan.

“Amanat” – 1999 yilda birinçi prezident Nursulton Nazarboyev tomonidan tuzilgan “Otan” partiyasining huquqiy vorisidir. 2022 yilgaça Qozoğistonning birinçi prezidenti partiyaga rahbarlik qilgan, söngra uning örnini (boşqa barça masuliyatli lavozimlarda bölgani kabi) amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Töqayev egallagan. Yangi “Adilet” partiyasiga yaqin vaqtgaça Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimini egallab kelgan Oybek Dadaboy boşçilik qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev keça, 23 avgust kuni bölib ötan Qurultoy deputatlari saylovida uydan çiqmagan holda iştirok etgani haqida xabar berilgan edi.

Şuningdek, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevga maktub yöllab, mamlakatning yangilangan parlamenti – Qurultoyga saylovlar xalqaro standartlar va demokratik tamoyillar asosida muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabrikladi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: