USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Prezidenti bilan telefonda gaplaşdi

68 марта
Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Президенти билан телефонда гаплашди

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev bilan telefon orqali muloqot qilib, Qozoğistondagi muhim-siyosiy saylovning muvaffaqiyatli ötgani bilan yana bir bor qutladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, suhbat avvalida davlat rahbari Qozoğiston Prezidentini mamlakat tarixida ilk marotaba bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabriklagan.

Yangi Qurultoy Qozoğistonda izçil islohotlarni yanada ilgari surişda muhim omil bölişi, keng kölamli özgarişlarni qonunçilik jihatidan samarali taminlaşi va mamlakatning barqaror rivojlanişiga yangi surat bağişlaşiga işonç bildirilgan.

Şuningdek, suhbat davomida davlat rahbarlari Özbekiston – Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

Özaro savdo hajmini yanada oşiriş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, transport-logistika aloqalarini rivojlantiriş hamda ikki mamlakat hududlari örtasida işbilarmonlik aloqalarini faollaştiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratiş masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Telefon muloqotida yetakçilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almaşgan.

Malumot uçun, Qozoğistonda keça, 23 avgust kuni tarixda ilk bor yangi bir palatali parlament – Qurultoy deputatlari saylovi bölib ötdi. Saylovda 145 ta deputatlik örni uçun 7 ta siyosiy partiyadan 545 nafar nomzod qatnaşdi. Ovoz berişda 9,35 milliondan ortiq saylovçi iştirok etgan, davomat 74,19 foizni taşkil qilgan.

Dastlabki ekzitpollarga köra, Prezident Qosim-Jomart Töqayevni qöllab-quvvatlovçi “Adolat” partiyasi 70,7–72,3 foiz ovoz bilan yaqqol peşqadam bölgan. “Ovul” 6,2–6,4 foiz, respublikaçilar 5,2–5,5 foiz, “Oq yöl” va OSDP esa qariyb 5 foiz ovoz olgan. Qozoğiston Xalq partiyasi va “Baytaq” 5 foizlik natijadan öta olmagan.

Saylov mamlakatda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, avvalgi ikki palatali parlament örniga bir palatali Qurultoy taşkil etilganidan keyingi birinçi parlament saylovi böldi. Rasmiy yakuniy natijalar esa hali elon qilinmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevga maktub yöllab, mamlakatning yangilangan parlamenti – Qurultoyga saylovlar xalqaro standartlar va demokratik tamoyillar asosida muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabriklagandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: