AQŞ tarixidagi eng yirik “haydaş”ni rejalaştirmoqda. Gap 200 ming migrant haqida
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati mamlakatda boşpana söragan yoki boşpana oliş uçun ariza bergan xorijliklarning noimmigratsion vizalarini bekor qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti xabar berdi.
Malum qilinişiça, Davlat departamenti va Milliy xavfsizlik departamenti AQŞga qisqa muddatli mehmon sifatida kirib, keyin mamlakatda doimiy qoliş maqsadida boşpana söragan xorijliklarni aniqlaş va ularning vizalarini bekor qiliş böyiça iş olib borayotganini bildirgan.
Departament qança viza bekor qilinişi mumkinligiga aniqlik kiritmagan. “Associated Press” malumotlariga köra, bu çora 200 minggaça xorijlikka taalluqli bölişi mumkin. Agar bu raqam tasdiqlansa, AQŞ tarixida bir vaqtning özida amalga oşiriladigan eng yirik viza bekor qiliş jarayoni böladi.
Gap 2016 yildan 2026 yilgaça berilgan “B1” va “B2” vizalari haqida ketmoqda. Bu vizalar asosan xizmat safari va turizm maqsadida AQŞga boriş uçun beriladi. Qayd etilişiça, viza bekor qilinişi avtomatik ravişda darhol deportatsiya qilinişiga olib kelmaydi. Boşpana böyiça işi hali körib çiqilayotgan şaxslarning maqomi özgartirilişi, biroq ular xizmat safari yoki turistik maqsaddagi vizalaridan mahrum bölişi mumkin.
AQŞ Davlat departamenti şu oy boşida Tramp mamuriyati xorijliklarga tegişli 175 mingdan ortiq vizani bekor qilganini malum qilgan edi. Tramp mamuriyati immigratsiyaga qarşi keng qamrovli çoralar doirasida vizalar va yaşil kartalarni bekor qiliş, şuningdek, deportatsiyalarni kuçaytiriş siyosatini olib bormoqda.
Mamuriyat bu çoralar içki xavfsizlikni taminlaşga qaratilganini takidlab keladi. Huquq himoya taşkilotlari esa immigratsiya siyosati söz erkinligi va qonuniy jarayon huquqlarini buzganini, ayniqsa etnik ozçiliklar orasida xavotirlarni kuçaytirganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ federal sudi Prezident Donald Tramp mamuriyatining Özbekiston ham kirgan 75 davlat fuqarolariga immigrant vizalarini berişni töxtatib qöygan siyosatini noqonuniy deb topib, bekor qilgandi.