Tramp 175 mingdan ortiq vizani bekor qildi
AQŞ Davlat departamenti 175 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildi. Ularning aksariyati jinoyat sodir etgani yoki viza şartlarini buzgani sababli mamlakatga kiriş huquqidan mahrum qilingan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, viza şartlarini buzgan, jinoyat sodir etgan, AQŞ fuqarolariga nisbatan zöravonlikka çaqirgan, amerikaliklarni aldagan yoki milliy xavfsizlikka xavf tuğdirgan şaxslarga nisbatan bekor qilingan.
Malumotlarga köra, vizalarning aksariyati huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan boğliq hodisalardan söng bekor qilingan. Ular orasida hujum, mast holda avtomobil boşqariş, öğrilik va giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlar asosiy örinni egallagan.
Departament ayrim holatlarni ham misol sifatida keltirgan. Jumladan, oğir zörlaş va jinsiy tajovuzda, odam öğirlaş va odam savdosida ayblangan şaxslarning vizalari bekor qilingan. Şuningdek, bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik materiallarini saqlaşda öndan ortiq ayblovga duç kelgan şaxsning vizasi ham bekor qilingan.
Bundan taşqari, Şimoliy Afrikadagi AQŞ elçixonasi farzandlari mamlakat fuqaroligini olişi uçun Amerikaga tuğiş maqsadida kelgan “tuğiliş sayyohlari”ning 100 dan ortiq vizasini bekor qilgan.
Davlat departamenti, şuningdek, konservativ faol Çarli Kirkning öldirilişini ijtimoiy tarmoqlarda nişonlagan bir neçta xorijliklarning vizalari ham bekor qilinganini malum qilgan.
Bu Tramp mamuriyatining vizalarni ommaviy bekor qiliş böyiça ilk holati emas. Joriy yilning yanvar oyida departament 100 mingdan ortiq vizani bekor qilganini bildirgan edi.
Naşrning qayd etişiça, vizalarning bekor qilinişi Trampning Oq uyga qaytganidan keyin boşlangan immigratsiyaga qarşi keng kölamli siyosatining bir qismi hisoblanadi. Mamuriyat viza beriş talablarini va immigratsiya nazoratini kuçaytirgan hamda ijtimoiy tarmoqlarni tekşirişni kengaytirgan.
Huquq himoyaçilari va inson huquqlari böyiça mutaxassislar esa AQŞ hukumatining ijtimoiy tarmoqlarni tekşiriş siyosatini tanqid qilib, bu amaliyot söz erkinligiga tahdid solişi mumkinligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakatda tuğiliş orqali fuqarolik oliş amaliyotini çeklaş va Amerika fuqaroligining qadrini himoya qilişga qaratilgan ikkita ijro farmonini imzolaganligi haqida xabar berilgan edi.