Quriliş vaziriga hayfsan berildi
Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev Quriliş, arxitektura va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Nurdan Oruntayevga hayfsan elon qildi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, intizomiy jazo vazirga zimmasiga yuklatilgan mehnat vazifalarini lozim darajada bajarmagani uçun qöllangan. Biroq hayfsan Oruntayev iştirokidagi janjal haqida tarqalgan xabarlar bilan boğliq yoki yöqligi aniqlanmagan.
Malumot uçun, ijtimoiy tarmoqlarda 22 avgust kuni Qirğizistonning Talas viloyatida mojaro sodir bölgani haqida xabarlar tarqalgan. Unda Nurdan Oruntayev Talasdagi quriliş obektlaridan birida pudratçi bilan janjallaşgani va muştlaşuvda iştirok etgani aytilgan.
Eslatib ötamiz, Turkmanistonda 2026 yilning birinçi yarim yilligi yakunlari böyiça Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisi bölib ötgandi. Unda mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kadrlar özgarişini elon qilib, ikki vazir, tört hokim va gazeta boş muharririni lavozimidan ozod etganini bildirgandi.