Iqtisodiy uruş: Kanada AQŞga javob bojlarini joriy qildi
Kanada AQŞning yangi bojlariga javoban 700 ga yaqin turdagi Amerika mahsulotlariga qöşimça boj joriy qildi. Yangi bojlar joriy yilning 8 sentyabridan kuçga kiradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Kanada hukumatining malum qilişiça, bojlar AQŞdan import qilinadigan 700 ga yaqin turdagi mahsulotga nisbatan 15, 25 va 50 foiz miqdorida qöllaniladi.
Xususan, pölat, alyuminiy, mebel va kiyim-keçaklarga 50 foizlik, pişloq, maişiy texnika va ayrim dengiz mahsulotlariga 25 foizlik, elektronika va asboblarga esa 15 foizlik boj belgilanadi. Şuningdek, plastmassa, yoğoç, qoğoz mahsulotlari, gilamlar, mototsikllar va boşqa tovarlar ham röyxatga kiritilgan.
Kanada Sanoat vaziri Melani Joli bojlar mamlakat bizneslarini himoya qilişga qaratilganini aytgan. Uning sözlariga köra, ayrim mahsulotlarga boj joriy etiş orqali AQŞning muayyan ştatlariga siyosiy bosim ötkaziş ham közlangan.
Şuningdek, Kanada bojlar sababli zarar körişi mumkin bölgan biznes va işçilarni qöllab-quvvatlaş uçun 7,5 milliard Kanada dollari miqdorida yordam paketi elon qilgan. Mamlakat Biznesni rivojlantiriş banki zarar körgan kompaniyalarga 2,5 milliondan 5 million Kanada dollarigaça foizsiz kredit ajratadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati Kanadadan import qilinadigan 20 milliard dollarlik mahsulotlarga 50 foizlik yangi bojlarni joriy qilgandi.