Tramp 80 dan ortiq davlatlarga yangi boj tariflarini joriy qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp 80 dan ortiq davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan yangi boj stavkalarini joriy qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Malum qilinişiça, yangi tariflar bugun, 24 iyul kuni muddati tugagan 10 foizlik global boj örnini egallaydi. AQŞ Savdo vakili Jeymison Grir elon qilgan qarorga köra, Buyuk Britaniya, Kanada, Meksika, Avstraliya, Hindiston, Xitoy hamda Yevropa Ittifoqining 27 davlati qatorida yana önlab mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 10 yoki 12,5 foizlik bojlar joriy etilgan.
Qayd etilişiça, yangi tariflar 1974 yildagi Savdo töğrisidagi qonunning 301-bölimi asosida kuçga kiritilgan. Mazkur norma majburiy mehnatdan foydalangan holda işlab çiqarilgan mahsulotlarga qarşi savdo çoralarini qöllaş imkonini beradi. Grirning aytişiça, AQŞ qariyb bir asrdan buyon majburiy mehnat mahsulotlari importini taqiqlab kelmoqda va savdo hamkorlari ham şunday çoralarni joriy etişi lozim.
Yangi bojlar AQŞning qator ittifoqçilari va savdo hamkorlari tomonidan tanqid qilinmoqda. Avstraliya va Braziliya ularni asossiz deb baholab, bekor qilinişiga erişişga harakat qilişini bildirgan. Norvegiya Taşqi işlar vazirligi esa yangi bojlar uçun asos yöqligini bildirgan. Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça oliy vakili Kaya Kallas Bryussel Vaşingtondan rasmiy izoh söraşini aytib, YeI transatlantik savdo kelişuvi böyiça öz majburiyatlarini bajarganini takidlagan. Kanada esa majburiy mehnat mahsulotlariga qarşi kuraşda yetakçi davlatlardan biri ekanini bildirib, öziga nisbatan bunday çoralar qöllanmasligi kerakligini malum qilgan.
Joriy yilning fevral oyida AQŞ Oliy sudi Donald Tramp tomonidan avval joriy etilgan bojlarning katta qismini noqonuniy deb topgan edi. Sud Konstitutsiyaga köra bojlarni joriy etiş vakolati Kongressga tegişli ekanini bildirgan. Şundan söng, Tramp mamuriyati boşqa huquqiy mexanizm asosida 150 kun amal qiladigan vaqtinçalik bojlarni joriy qilgan. Ularning muddati bugun, 24 iyul kuni yakunlandi.
Xalqaro savdo böyiça ekspert, Jahon savdo taşkiloti boş direktorining sobiq örinbosari Alan Volf prezidentning yangi bojlarni mustaqil joriy etiş vakolati ham şubha ostida ekanini bildirib, uşbu tariflar sudga oşirilsa, Oliy sud ularni ham bekor qilişi mumkinligini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kanadadan import qilinadigan qariyb 20 milliard dollarlik mahsulotlarga 50 foizlik yangi bojlar joriy etilganini elon qilgan edi.