AQŞ 60 ta davlatga majburiy mehnat sabab boj soladi
3-06-2026, 17:09
60 марта

AQŞ 60 ta davlatga majburiy mehnat sabab boj soladi
AQŞ hukumati majburiy mehnatga qarşi yetarliça kuraşmayotgan 60 ta davlatga nisbatan 10 foizdan 12,5 foizgaça bölgan yangi bojlar joriy etilişini malum qildi. Röyxatdagi davlatlar Qöşma Ştatlar importining 90 foizdan ortiq qismini taşkil qiladi, deb xabar berdi BBC.
Bu AQŞ Oliy sudi fevral oyida prezident Donald Trampning köplab avvalgi bojlarini noqonuniy deb topganidan keyin kiritilgan ikkinçi yangi import soliğidir. Mamlakat Savdo vazirligi mazkur davlatlar majburiy mehnat yordamida işlab çiqarilgan tovarlar importi muammosiga etibor qaratmagani uçun jazolanişini bildirdi.Xitoy mamlakatda majburiy mehnat asosida işlab çiqarilgan mahsulotlar mavjudligini rad etdi. Yevropa Ittifoqi (EI) esa bu bojlarni asossiz dedi. Hindistonlik tahlilçining fikriça, bu AQŞ tomonidan bosim ötkaziş taktikasi bölişi mumkin. Röyxatga kiritilgan 60 ta savdo hamkori orasida Buyuk Britaniya, YeI, Kanada, Hindiston va Yaponiya bor. Ular AQŞga sotiladigan deyarli barça tovarlarni yetkazib beradi.Vaşington pozitsiyasiga köra, majburiy mehnat orqali yaratilgan mahsulotlarni sotib oladigan davlatlar bilan savdo qiliş AQŞ uçun adolatsizlikdir. AQŞ Savdo vakili Jeymison Grirning aytişiça, bu holat amerikalik işçilarni jahon bozorida teng bölmagan şaroitlarda raqobatlaşişga majbur qiladi.Bojlar hali kuçga kirmadi. Tramp mamuriyati buning uçun malum bir jarayonni amalga oşirişi kerak böladi. Taklif etilayotgan bojlar mart oyida Grir tomonidan boşlangan tekşiruvdan söng paydo böldi. Unda 60 ta savdo hamkorining majburiy mehnatni taqiqlaş böyiça çoralari örganilgan.Tekşiruv hisobotiga köra, 54 ta davlat majburiy mehnat yordamida töliq yoki qisman işlab çiqarilgan tovarlar importiga qonuniy taqiq qöymagan va bu taqiqni samarali nazorat qilmagan. Qolgan 6 ta hamkor — Kanada, YeI, Ekvador, Indoneziya, Meksika va Pokiston esa bunday taqiqning ijrosini samarali taminlay olmagan.Savdo vazirligi Kanada, YeI, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Meksika, Pokiston, Argentina, Bangladeş, Kambodja, El Salvador, Gvatemala, Malayziya va Tayvandan keltiriladigan importga 10 foizlik boj joriy qiladi. Xitoy va Hindistonni öz içiga olgan qolgan 45 ta davlat esa 12,5 foizlik bojlar bilan töqnaş keladi.Xitoy bunga javoban har qanday bir tomonlama bojlarga qarşi ekanini bildirdi va majburiy mehnat haqidagi ayblovlarni rad etdi.
“Xitoyda heç qanday majburiy mehnat yöq. Biz bundan siyosiy manipulyatsiya sifatida foydalanişlariga qarşimiz”, dedi Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning.Yevropa Komissiyasi esa 2025-yilda Tramp mamuriyati bilan kelişilgan savdo bitimiga sodiq qolişini malum qildi.
“EI bunday asoslar bilan joriy etilgan bojlarni asossiz deb hisoblaydi. Biz iyun oyi oxirigaça Qöşma bayonotdagi boj majburiyatlarimiz ijrosini taminlaş yölidamiz”, dedi YeI vakili.Uşbu boj qarori mart oyida AQŞ importining 99,4 foizini taşkil etuvçi 60 ta hamkor ustidan boşlangan suriştiruvdan keyin qabul qilindi. Tramp mamuriyati fevral oyidan beri yangi bojlar elon qilmayotgan edi. Öşanda AQŞ Oliy sudi Tramp tomonidan 2025 yil aprel oyida bir qator davlatlarga nisbatan joriy etilgan bojlarni noqonuniy deb topgan edi.Tramp bu sud qarorini “dahşatli” deb atadi va uning savdo siyosatini rad etgan sudyalarni “ahmoqlar” deb sökdi. Sud qaroridan söng darhol Tramp 10 foizlik vaqtinçalik global boj elon qildi, keyinçalik uni 15 foiz bölişini aytdi.