USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yaşirinça Moskvaga borgan AQŞ razvedka rahbari kim bilan uçraşgani aytildi

248 марта
Яширинча Москвага борган АҚШ разведка раҳбари ким билан учрашгани айтилди

Rossiya Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) direktori Jon Retkliff bilan Moskvada uçraşganini tasdiqladi. Bu haqda RBK xabar berdi.

“Uçraşuv bölib ötdi, bunda heç qanday ğayrioddiy narsa yöq”, degan Narişkin jurnalistlarga.

Uning aytişiça, uçraşuvda maxsus xizmatlar vakolatiga kiradigan masalalar muhokama qilingan.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp esa Retkliffning Rossiyaga taşrifini “yarim odatiy” deb atagan. Şu bilan birga, u MRB rahbarining Moskvaga taşrifidan “nimadir çiqişi mumkinligi”ni ham istisno qilmagan.

Fotograf Endryu Leydenning X ijtimoiy tarmoğida yozişiça, Retkliff Moskvaga safaridan bir kun ötib, 26 avgust kuni Tramp işlaydigan Oq uydagi Oval kabinetga taşrif buyurgan. Uçraşuvda Pentagon rahbari Pit Xegset va AQŞ Qurolli kuçlari ştab boşliqlari qömitasi rahbari Den Keyn ham qatnaşgan.

Eslatib ötamiz, AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff Rossiya poytaxti Moskvaga 25 avgust kuni elon qilinmagan muzokaralar uçun borgani haqida xabar berilgan edi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov keça, 26 avgust kuni maxsus xizmatlar yönalişida aloqalar bölganini, biroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Retkliff bilan uçraşmaganini malum qilgandi. Uning sözlariga köra, prezidentga barça voqealar haqida zudlik bilan axborot berib boriladi.

Şuningdek, Retkliff Moskvaga Rossiyani NATOga hujum qiliş mumkin emasligi haqida ogohlantiriş uçun borgani haqidagi tafsilotlar ham malum qilingan edi. MRB direktorining taşrifi AQŞ razvedkasi Rossiya yaqin yillarda NATOning qatiyatini “sinab körişga” urinişi mumkinligi haqidagi prognozlarni elon qilgan bir paytga töğri kelgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: