Armaniston endi Rossiyani “strategik şerik” deb hisoblamaydi – Paşinyan
Armaniston hukumatning yaqin beş yilga möljallangan dasturida Rossiya bilan munosabatlar şaklini özgartirdi. Mamlakat Boş vaziri Nikol Paşinyan uni endi strategik hamkor deb hisoblamaslik uçun asoslar paydo bölganini aytdi. Bu haqda Paşinyan bugun, 27 avgust kuni Yerevanda bölib ötgan matbuot anjumanida söz oçdi.
“Agar hozir “strategik hamkorlik” deb yozsak, siz nega Rossiya va KXŞT 2022 yil sentyabrida xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarini bajarmaganini söraysiz”, deydi Paşinyan.
Hukumat dasturida aytilişiça, Rossiya bilan hamkorlik muvozanatlaşgan taşqi siyosatning yangi şaroitida transformatsiyalanadi.
Bungaça Paşinyan mamlakatlar örtasidagi munosabatlardagi özgarişlar tabiiy jarayon ekanini, çunki Yerevan va Baku örtasida allaqaçon tinçlik örnatilganini takidlagan.
“Armaniston, eng avvalo, Yevropa Ittifoqiga azo böliş uçun rasmiy ariza topşirişi kerak. Bu ham keng kölamli mehnatni talab qiladigan jarayondir”, deydi hukumat rahbari.
Malumot uçun, 2022 yil sentyabrida Ozarbayjon bilan uruş boşlanganidan söng Armaniston KXŞT ustavining 4-moddasiga muvofiq taşkilotga murojaat qilgan edi. Unga köra, bir mamlakatga qilingan tajovuz blokning barça azolariga hujum sifatida qaraladi. Ammo KXŞT vaziyat yomonlaşganidan “xavotir” bildirgan va Armanistonga “hamdardlik” izhor etgan bayonot bilangina çeklandi. Armaniston 2024 yilda KXŞTdagi iştirokini muzlatdi va taşkilotni moliyalaştirişdan boş tortdi.
Şuningdek, Armaniston 2026 yil bahorida Rossiya tomonidan savdo çeklovlari joriy etilganidan söng öz eksportini boşqa yönalişlarga bura boşladi. Bahordan beri Rossiya Armaniston tovarlari importini çekladi: mevalar, sabzavotlar, kökatlar, gullar, mineral suv, spirtli içimliklar, şuningdek, sut va baliq mahsulotlari taqiq ostiga tuşdi. Oqibatda yanvar–iyun oylarida Rossiya va Armaniston örtasidagi tovar aylanmasi 20,9 foizga – 3,33 milliard dollardan 2,63 milliard dollargaça tuşib ketdi. Bir vaqtning özida, birinçi yarim yillikda Armaniston Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportini 80 foizga oşirdi – 287 million dollarga nisbatan 516 million dollarga yetkazdi. Yevropa Ittifoqi, şuningdek, Armanistonga eksportni qayta yönaltiriş uçun 52 million yevro yordam ajratdi va tovarlarning 80 foiz uçun bojxona tölovlarini bekor qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan agar KXŞT mamlakatni öz tarkibidan çiqarib yuborsa, bundan faqat xursand bölişini aytgan edi.