Aka-uka Teytlar sud qaroriga qadar AQŞ qamoğida qoladi
Endryu va Tristan Teytlar Buyuk Britaniyaga ekstraditsiya qilinişiga qarşi çiqar ekan, hozirça Mayamidagi federal qamoqxonada qoladi. Sudya Loren Lui ularni garov evaziga ozod qiliş masalasi böyiça qarorni darhol çiqarmadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 27 avgust kuni Mayami federal sudida bölib ötgan eşituvda sudya aka-uka Teytlarning garov evaziga ozod etiş haqidagi iltimosini körib çiqqan, ammo yakuniy qarorni keyinroq elon qilişini bildirgan. Şu sababli ular sud qarori çiqqunga qadar federal qamoqda qoladigan böldi.
Malum qilinişiça, Teytlar qöllariga kişan va oyoqlariga zanjir taqilgan holda AQŞ marşallari tomonidan sud zalidan olib çiqilgan.
Malumot uçun, aka-ukalar Buyuk Britaniya ularni ekstraditsiya qilişni söraganidan keyin 18 iyul kuni Mayamida hibsga olingan. AQŞ va Britaniya fuqaroligiga ega bölgan aka-ukalar özlariga qöyilgan ayblovlarni inkor etmoqda. Sobiq kikboksçilar erkaklik va boylik haqidagi qaraşlarini tarğib qiluvçi kontenti orqali internetda katta auditoriya töplagan. 39 yoşli Endryu Teyt avval özini ayollarga nisbatan nafrat bilan munosabatda böluvçi şaxs sifatida tariflagan.
Teytlar internetdagi obrazini himoya qildi
Bildirilişiça, federal prokurorlar Teytlar ozod qilinsa, jamiyat uçun xavf tuğdirişi mumkinligini bildirgan. Aka-ukalar sudda körsatma berganidan söng prokuror Ebbi Uoksman Endryu Teytning noaxloqiy mazmunidagi videosini namoyiş qilgan.
“Ular ayollarga nisbatan nihoyatda kuçli zöravonlikni tarğib qiladi. Bu obraz emas, ularning özi”, degan Uoksman.
Mayami prokuraturasining malum qilişiça, Teytlar 2014 yildan boşlab veb-kam pornografiya biznesida işlaş uçun önlab ayollarni jalb qilgan. Keyinçalik ular “Hustler's University” deb nomlangan onlayn kurslarni ham taşkil etgan.
27 avgust kuni sudda körsatma bergan Teyt aka-ukalari esa internetdagi qöpol bayonotlari şunçaki obraz ekanini takidlagan.
“Men buni erkaklarni befarqlikdan çiqariş uçun qilaman”, degan u.
38 yoşli Tristan Teyt esa akasi yaratgan ğayrioddiy komediya kontenti uning tez tarqalişiga sabab bölişini aytgan.
“U dunyoda özini öynayotgan obrazi uçun baholanadigan yagona inson”, degan Tristan Teyt.
Endryu Teytning ayoli ham sudda gapirdi
Qayd etilişiça, Endryu Teytning farzandlaridan birining onasi Nataşa Sesey ham sudda körsatma bergan. U Endryu Teytning internetdagi bazi provokatsion bayonotlari uning haqiqiy şaxsiyatini aks ettirmasligini aytgan.
“Internetda köradigan inson bilan men tanigan inson örtasida juda katta farq bor”, degan Sesey.
U kelasi oy Teytning yana bir farzandini dunyoga keltirişini malum qilgan.
Prokuror Uoksmanning savollariga javob berar ekan, Sesey Endryu Teyt Dubaydagi uyi, şuningdek, qimmatbaho sumka, poyabzal va zargarlik buyumlari uçun pul tölaganini tan olgan.
Britaniyadagi ayblovlar 7 yillik davrni qamrab oladi
Aka-uka Teytlarni Buyuk Britaniyaga ekstraditsiya qiliş masalasini hal etiş jarayoni bir neça oy davom etişi mumkin. Sud hujjatlariga köra, Britaniya ekstraditsiya böyiça töliq sörovini AQŞ Davlat departamentiga 16 sentyabrga qadar taqdim etişi kerak.
Teytlarning Mayamida hibsga olinişiga Buyuk Britaniya prokuraturasi tomonidan yangi ayblovlar qöyilişi sabab bölgan. Ular 2010 yil iyulidan 2017 yil avgustigaça bölgan davrda 4 nafar jabrlanuvçiga nisbatan sodir etilgan deb taxmin qilinayotgan jinoyatlarda ayblanmoqda.
Ularga avval ham Britaniyada 3 nafar jabrlanuvçi bilan boğliq zörlaş va odam savdosi ayblovlari qöyilgan. 2024 yilda Britaniya sudyasi ularni hibsga oliş uçun order bergan, ammo Teytlar uşbu ayblovlar böyiça Britaniya sudida hali sud oldiga çiqmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Endryu Teyt va uning ukasi Tristan Teyt Buyuk Britaniyaning ularni zörlaş, tajovuz va jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosiga kömaklaşiş ayblovlari böyiça ekstraditsiya qiliş talabiga qarşi kuraşar ekan, AQŞdagi qamoqdan ozod etilişni sörab sudga murojaat qilişini va ularning sud işini Marko Rubio körişi mumkinligi xabar qilingandi.