Endryu va Tristan Teytlarning sud işini Marko Rubio körişi mumkin
Endryu Teyt va uning ukasi Tristan Teyt Buyuk Britaniyaning ularni zörlaş, tajovuz va jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosiga kömaklaşiş ayblovlari böyiça ekstraditsiya qiliş talabiga qarşi kuraşar ekan, AQŞdagi qamoqdan ozod etilişni sörab sudga murojaat qiladi. Bu haqda aka-ukaning advokatlariga tayanib, “Reuters” xabar qildi.
39 yoşli Endryu Teyt va 38 yoşli Tristan Teyt 18 iyul kuni Mayami şahrida hibsga olingan. Buyuk Britaniya Qirollik prokuratura xizmati 19 iyul kuni 2010 yil iyulidan 2017 yil avgustigaça bölgan davrda tört nafar jabrlanuvçiga nisbatan sodir etilgan deb gumon qilinayotgan jinoyatlar yuzasidan aka-ukalarga qarşi yangi ayblovlar qöyilganini malum qilgan.
Qayd etilişiça, AQŞ va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega bölgan, sobiq kikboksçilar hisoblangan aka-uka Teytlar barça ayblovlarni rad etmoqda. Ular AQŞ sudyasi Buyuk Britaniyaning ekstraditsiya sörovini körib çiqayotgan bir paytda Mayamidagi federal qamoqxonada saqlanmoqda.
Hibsga olinişi ularning huquqiy muammolarida yangi bosqiçni boşlab berdi. Aka-ukalar erkaklik va boylik haqidagi qaraşlarini tarğib qilib, ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriya töplagan. Endryu Teyt avvalroq özini misoginist deb tariflagan.
Qirollik prokuratura xizmati malumotiga köra, Endryu va Tristan Teyt avval ham Buyuk Britaniyada uç nafar jabrlanuvçiga oid zörlaş va odam savdosi böyiça ayblovlarga duç kelgan. Britaniya sudyasi 2024 yil yanvar oyida ularni hibsga olişga order bergan. Ular mazkur ayblovlar yuzasidan Britaniya sudida hali aybini tan oliş yoki rad etiş böyiça körsatma bermagan.
Buyuk Britaniya aka-ukalarni har ikki toifadagi ayblovlar böyiça javobgarlikka tortiş uçun ekstraditsiya qilişga intilmoqda.
13 avgust kuni qamoqda saqlaş masalasi körib çiqiladi
Mayami AQŞ prokuraturasi prokurorlari sud hujjatlarida AQŞ magistrat-sudyasi Loren Luisdan aka-ukalarni qamoqda saqlaşni söragan. Ular aka-uka Teytlar qoçib ketiş xavfi borligi va jamoatçilik uçun xavf tuğdirişini takidlagan.
Aka-ukalarning advokati Jozef Makbrayd esa ularning qoçib ketiş ehtimoli yöqligini aytgan. Uning takidlaşiça, aka-ukalar 2022 yildan beri odam savdosi böyiça tergov ostida bölgan Ruminiyada barça sud majlislarida qatnaşgan.
“Aybsiz insonlar adolatdan qoçmaydi. Aybsiz insonlar adolatga yuzlanadi, çunki oxir-oqibat adolat ularni oqlaydi”, degan Makbrayd Mayami federal sudi binosi oldida jurnalistlarga.
Himoya advokati Jaklin Perçekning aytişiça, aka-ukalar 5 avgustga qadar garov evaziga ozod qiliş töğrisida iltimosnoma kiritadi. Bu masala böyiça sud eşituvi 13 avgust kuni bölib ötadi.
Ekstraditsiya masalasida qarorni Marko Rubio qabul qiladi
Aka-uka Teytlar ekstraditsiya qiliş jarayoni bir neça oy davom etişi mumkin. AQŞ sudi hujjatlariga köra, Buyuk Britaniya 16 sentyabrga qadar Davlat departamentiga ekstraditsiya böyiça töliq sörovnomani taqdim etişi lozim.
Prokurorlarning bildirişiça, Loren Luis yoki işni köradigan boşqa sudya Britaniya taqdim etgan dalillar aka-ukalar ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etganiga ehtimoliy asos mavjudligini körsatiş uçun yetarli yoki yöqligini aniqlaydi.
Şundan keyin ularni ekstraditsiya qiliş yoki qilmaslik masalasi böyiça yakuniy qarorni AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio qabul qiladi. Rubio 22 iyul kuni Manilada jurnalistlarga hozirça bu işga aralaşiş niyati yöqligini bildirgan.
“Hozirça, balki umuman ham, biz bu masalada heç qanday rol öynamaymiz”, degan u.
Eslatib ötamiz, avvalroq aka-uka inflyuyenserlar Endryu va Tristan Teyt AQŞda zörlaş va odam savdosi ayblovlari bilan hibsga olingandi.