3 yoşida taxtga ötirgan qirol vafot etdi
Ugandadagi Toro qirolligi hukmdori Oyo Nimba Kabamba Iguro Rukidi IV keça, 27 avgust kuni 34 yoşida vafot etdi. Bu haqda Toro qirolligi Boş vaziri Kalvin Armstrong Rvomiire Akiiki malum qildi.
“Janobi Oliylari, Toro Omukamasi, qirol Oyo Nimba Kabamba Iguro Rukidi IV vafot etganini çuqur qayğu va oğir qalb bilan elon qilaman“, deb yozgan u X ijtimoiy tarmoğida.
Qirollik Boş vaziri qirolning vafotini “ölçab bölmas yöqotiş“ deb atagan. Uning sözlariga köra, turmuş qurmagan qirol voris qoldirgan va “tojning davomiyligi taminlangan”.
Oyo Nimba Kabamba Iguro Rukidi IV Ugandaning ğarbiy qismida, Kongo Demokratik Respublikasi bilan çegaraga yaqin hududda joylaşgan Toro qirolligining hukmdori bölgan.
U 1995 yil 12 sentyabrda otasi Rukirabasayja Patrik Devid Metyu Kaboyo Olimi III vafotidan söng, atigi uç yoşida taxtga ötirgan. Şu tariqa u öşa paytda dunyodagi eng yoş hukmron monarxga aylangan.
Ugandaning maşhur pop xonandasi va mamlakatdagi yetakçi muxolifat vakili Bobi Vayn ham qirol vafoti yuzasidan hamdardlik bildirgan.
“Eng dahşatli xabar! Janobi Oliylari qirolning ruhi abadiy orom topsin“, deb yozgan u X ijtimoiy tarmoğida.
Malumotlarga köra, qirol joriy yilning aprel oyida 34 yoşga tölgan. Biroq uning ölimi sababi aytilmagan.
“Bizning qirolimiz öz xalqining hayotidan uzoq emas. U bu avlodning, bu muhitning bir qismi, u ösmoqda, örganmoqda va yetakçilik qilmoqda. Uning yoşligi çeklov emas, balki kuçdir. Bu unga Toro uçun boşqaça kelajakni tasavvur qiliş uçun energiya, yangiça qaraş va jasorat beradi”, degan Boş vazir.
Malumot uçun, Toro qirolligi – Afrikaning şarqida, hozirgi Uganda hududining ğarbiy qismida joylaşgan ananaviy qirollik bölib, uning markazi Fort-Portal şahri hisoblanadi. Uşbu qirollikka 1830 yilda Bunoro-Kitara qirolligidan ajralib çiqqan şahzoda Kabiyo Kabigeni tomonidan asos solingan. Qirollikning asosiy aholisini rutoro tilida sözlaşuvçi batoro xalqi taşkil etadi, uning oliy hukmdori esa ananaga köra Omukama deb ataladi. XIX asr oxirida Britaniya protektorati tarkibiga kiritilgan Toro öz muxtoriyatini saqlab qolgan bölsa-da, 1967 yilda Uganda prezidenti Milton Obote tomonidan mamlakatdagi boşqa ananaviy monarxiyalar singari bekor qilingan. 1993 yilda Uganda hukumati tomonidan qirollik maqomi qayta tiklangan va bugungi kunda u siyosiy hokimiyatga ega bölmasa-da, öz xalqining tarixiy, madaniy va manaviy merosini saqlab keluvçi ramziy muassasa sifatida faoliyat yuritadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropaning amaldagi eng keksa monarxi – Norvegiya qiroli Xarald V 89 yoşida vafot etgan edi.