USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirol Xarald vafot etdi

82 марта
Қирол Харальд вафот этди

Bugun, 28 avgust kuni Yevropaning amaldagi eng keksa monarxi – Norvegiya qiroli Xarald V 89 yoşida vafot etdi. Bu haqda mamlakat qirollik saroyi xabar berdi. 

“Juda katta qayğu bilan Alo Hazratlari qirol Xaraldning vafotini malum qilamiz. Qirol Xarald juma, 28 avgust kuni ertalab soat 6:35 da Oslodagi Riksxospitalet universitet şifoxonasida tinç olamdan ötdi”, deyiladi saroy xabarida.

Malumot uçun, Xarald 1937 yilda Oslo yaqinidagi Askerda tavallud topgan bölib, 1370 yilgi qirol Olaf IV dan keyin mamlakatda tuğilgan birinçi norveg şahzodasi bölgan. Ikkinçi jahon uruşi paytida Xaraldning oilasi okkupatsiyadan avval Şvetsiyaga, söng kemada AQŞga qoçgan, Xaraldning otasi va bobosi esa Norvegiya hukumati bilan birga Buyuk Britaniyaga surgun qilingan. Oila uruş tugaganidan söng köp ötmay, 1945 yil iyun oyida Norvegiyada qayta birlaşgan.

1968 yilda Xarald maktabdagi muhabbatiga uylangan – u monarxlar oilasidan bölmagan qizga uylaniş huquqi uçun uzoq vaqt kuraşgan. Juftlikning ikki farzandi dunyoga kelgan: Haakon va uning opasi Marta Luiza. Xarald 1991 yil 21 yanvarda taxtga ötirganida, otasi va bobosining “Barçasi Norvegiya uçun” degan şiorini qabul qilgan. Keyingi bir neça yilni u monarxiyani modernizatsiya qilişga bağişlagan.

Xarald yelkanli sportni yaxşi körgan va hatto bir neçta Olimpiya öyinlarida Norvegiya şarafini himoya qilgan, 1987 yilda esa öz yaxtasini boşqarib, jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritgan.

“Butun millat qayğuda va Norvegiya xalqi Norvegiyaga xizmat qiliş bilan ötgan uzoq umr uçun çuqur minnatdorlik bildirmoqda. Uç dekadadan ortiq vaqt davomida monarx sifatida Xarald V norveg xalqiga bölgan bukilmas işonçini namoyiş etdi. U özimizdagi va bir-birimizdagi eng yaxşi jihatlarni körişimizga yordam berdi”, deyiladi Norvegiya Boş vaziri Yonas Gar Styorening bayonotida.

Xokon sönggi yillarda otasining salomatligi yomonlaşgani sababli bir neça bor mamlakat regenti vazifasini bajargan. Bu rol asosan ramziy xarakterga ega, çunki hokimiyat saylanadigan parlamentga tegişli. Xokon Berklidagi Kaliforniya universitetida siyosatşunoslik böyiça bakalavr darajasini va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabida xalqaro savdo va Afrika böyiça ixtisoslaşgan holda rivojlaniş tadqiqotlari sohasida magistr darajasini olgan. 1995 yilda u Qirollik Norvegiya harbiy-dengiz akademiyasini tamomlagan, şuningdek, Taşqi işlar vazirligida diplomatlar uçun amaliyot ötagan.

2001 yilda u Mette-Maritga uylangan. Ularning ikki farzandi bor. Bundan taşqari, Mette-Maritning avvalgi munosabatlaridan Marius Borg Hyoybyu ismli öğli bor. Iyun oyida sud uni tört yilga ozodlikdan mahrum etgan. Hyoybyu unga qöyilgan törtta zörlaş ayblovining ikkitasida aybdor deb topilgan. Zörlaşlardan taşqari, ayblov hukmiga sobiq maşuqalaridan biriga nisbatan bir neça bor zöravonlik qiliş, pöpisalar, giyohvand moddalar va yöl harakatiga oid jinoyatlar ham kiritilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: