USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Norvegiya qiroli kasalxonaga yotqizildi

71 марта
Норвегия қироли касалхонага ётқизилди

Norvegiya qiroli Harald V tanasida suyuqlik töplanişi sababli kasalxonaga yotqizildi va 2 hafta muddatga kasallik tatiliga çiqdi. Bu haqda mamlakat Qirollik saroyi xabar qildi.

Qayd etilişiça, 89 yoşli qirol kam uçraydigan qon kasalligi – gemolitik anemiyadan davolanmoqda. U yöqligida taxt vorisi şahzoda Hokon qirollik vazifalarini bajaradi.

Saroy mamuriyati 2024 yil aprel oyida Harald V yoşi kattalaşib borayotgani sababli rasmiy tadbirlarini doimiy ravişda qisqartirişini malum qilgan edi. 1991 yil yanvaridan beri taxtda bölgan Harald V Yevropada eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan monarxlardan biri hisoblanadi. Qirol taxtdan voz keçişni qatiy rad etib kelmoqda.

Harald V fevral oyida Ispaniyaning Tenerife orolida infektsiya va suyuqlik yöqotişi sababli kasalxonaga yotqizilgan. 2024 yilda esa Malayziyada tatil paytida betob bölib, yurak stimulyatori örnatiş uçun şifoxonaga olib ketilgan.

Saroy, şuningdek, qiroliça Sonya ham joriy yil may oyida yurak bilan boğliq muammolar sababli tekşiruv va kuzatuv uçun kasalxonaga yotqizilganini malum qilgan.

Qirollik va Epşteyn mojarosi

Qirollik oilasidagi salomatlik bilan boğliq muammolar Norvegiya saroyi uçun beqaror davrdan keyin yuzaga keldi. Taxt vorisi şahzoda Hokonning rafiqasi malika Mette-Marit mart oyida milliy telekanalga bergan intervyusida amerikalik jinsiy jinoyatçi Jeffri Epşteyn bilan heç qaçon tanişmagan bölişni istaşini aytgan.

Malika 2011-2014 yillar oraliğida Epşteyn bilan yuzlab elektron maktublar almaşganini va uning Floridadagi uyida mehmon bölganini malum qilgan. U Epşteynning ötmişi va faoliyatini yetarliça sinçiklab örganmagani uçun masuliyatni öz zimmasiga olganini aytgan.

Eslatib ötamiz, malikaning bu bayonotidan 3 oy ötib, iyun oyida Mette-Maritning avvalgi turmuşidan bölgan öğli Marius Borg Hyoybi ikki alohida zörlaş ayblovi böyiça aybdor deb topilib, tört yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: