USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Fitna: Si Tszinpin eng yaqin harbiy safdoşini işdan haydadi

124 марта
Фитна: Си Цзиньпин энг яқин ҳарбий сафдошини ишдан ҳайдади

Keça, 28 avgust kuni Xitoy Markaziy harbiy kengaşidagi (MHK) lavozimlaridan generallar Çjan Yusya va Lyu Çjenli ozod etildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Çjan MHK raisi örinbosari lavozimini egallab kelgan U Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpindan keyin harbiy rahbariyatdagi ikkinçi odam hisoblangan va raisning eng yaqin harbiy safdoşi bölgan. Generallarga nisbatan tergov intizom va qonunni jiddiy buzişda gumonlanib, joriy yilning yanvar oyida boşlangan. 

Qayd etiş joiz, Xitoy yetakçisi sönggi bir neça yil içida armiyada korruptsiyaga qarşi kampaniyani keskin kujaytirdi. Uning doirasida sobiq mudofaa vazirlari Vey Fenxe va Li Şanfu lavozimidan ozod etilib, tergovga tortilgan edi.

Kadrlar özgarişi Xitoyda ehtimoliy harbiy töntarişga uriniş haqidagi miş-mişlardan söng yuz bergan. 

“Joriy yilning 18 yanvar kuni Çjan göyoki Pekin ğarbidagi “Insi” mehmonxonasiga Si Tszinpinni hibsga olişi kerak bölgan rota harbiy xizmatçilarini yuborgan”, deb yozgan edi “The Spectator”. 

Xitoy yetakçisi Markaziy muhofaza byurosining harbiy xizmatçilari Çjanning harbiylariga pistirma qöygan. Uşbu töqnaşuv oqibatida töqqiz nafar soqçi va önlab harbiy xizmatçilar halok bölgan.

Malumot uçun, Çjan 1979 yilgi Xitoy-Vetnam uruşida qatnaşgan. Uning otasi, general Çjan Tszunsyun XXR Raisining otasi Si Çjunsyunning safdoşi bölgan. Çjan va Si “şahzodalar”ga – yuqori lavozimli partiya arboblarining avlodlariga kiradi. 2012 yilda Çjan XXOAning qurol-yaroğ xarid qiliş va rivojlantiriş uçun masul bölgan Boş qurollaniş boşqarmasiga rahbarlik qilgan. 2017 yilda u MHK raisi örinbosari bölgan, 2022 yilda esa nafaqaga çiqişi kerak bölsa-da, uşbu lavozimga qayta saylangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda Oliy harbiy sud sobiq mudofaa vazirlari Vey Fenxe va Li Şanfularni 2 yillik sinov muddati bilan şartli ölim jazosiga hukm qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: