AQŞ Ukrainadagi tartibsizliklar xavfidan ogohlantirdi
AQŞ Davlat departamenti amerikaliklarni Ukrainada yuzaga kelişi mumkin bölgan tartibsizliklardan ogohlantirdi. Muassasa saytidagi yangilangan bildirişnomaga köra, AQŞ öz fuqarolariga uşbu mamlakatga safar qilmaslikni tavsiya etmoqda.
Departament amerikaliklar uçun tavsiyalarni yangilab, xavf-xatarlar qatoriga “fuqarolik tartibsizliklari”ni ham kiritgan. Tavsiyalar keça, 28 avgust kuni töldirilgan. Şu bilan birga, umumiy ogohlantiriş darajasi özgarmagan va maksimal darajada qolmoqda – “Level 4: Do Not Travel” (Sayohat qilmaslik).
Muassasa allaqaçon Ukrainada bölib turgan amerikaliklarga vaziyatning özgarişini kuzatib borişni va zarur bölganda hududni tezda tark etişga tayyor turişni tavsiya qiladi. Şuningdek, ularga havo havfi signallariga etibor qaratiş, eng yaqin boşpanalar joylaşuvini biliş va namoyişlar hamda odamlar gavjum joylardan yiroq böliş maslahat berilmoqda.
AQŞning Kiyevdagi elçixonasi öz faoliyatini davom ettirmoqda, biroq uning xodimlari poytaxtdan taşqariga çiqişda çeklangan. Amerika davlat organlari xodimlariga Kiyevdan taşqariga çiqiş uçun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi. Davlat departamenti ularning oila azolariga Ukrainada bölişga ruxsat bermaydi.
Bildirişnomada, şuningdek, Ukraina havo hududi Amerika fuqarolik aviatsiyasi uçun yopiqligiça qolayotgani aytiladi. Ayrim hududlarda harbiy holat çeklovlari, jumladan, komendantlik soati va hujjatlarni tekşiriş tartibi amal qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya harbiylari Ukraina hududidagi bir qator obektlarga zarba bergani haqida xabar berilgan edi. Hujumlar oqibatida Zaporoje şahridagi “Epitsentr” savdo markazida yonğin çiqqan, Sumi va Kiyev viloyatidagi “Novaya poçta” logistika markazlari zararlangan.