Yerlarni tiklaş uçun har yili 278 mlrd dollar yetişmayapti – BMT
2030 yilgaça yerlarni tiklaş böyiça global majburiyatlarni amalga oşiriş uçun har yili 355 milliard dollar talab etiladi. Bu haqda BMT xabar berdi.
Taşkilot malumotlariga köra, hozirgi investitsiyalar hajmi taxminan 77 milliard dollarni taşkil etadi. Şu tariqa, yiliga 278 milliard dollar miqdorida defitsit saqlanib qolmoqda. Yerlarni tiklaşga yönaltirilayotgan umumiy jahon investitsiyalarining bor-yöği 6 foizigina xususiy moliyalaştiriş hissasiga töğri keladi.
Yerlarning 40 foizgaça bölgan qismi degradatsiyaga uçragan, şu bilan birga mamlakatlar 2030 yilgaça bir milliard gektardan ortiq maydonni tiklaş majburiyatini olgan. Xususan, Markaziy Osiyoda 80 million gektardan ortiq yer degradatsiyaga uçragan, bu mintaqa hududining çorak qismidan köproğini taşkil etadi va 24 million kişiga tasir körsatadi.
Şu bilan birga, Markaziy Osiyoning barça beşta mamlakati yerlar degradatsiyasining neytral balansiga erişiş böyiça öz oldiga vazifalar qöygan va bu majburiyatlarning yarmi allaqaçon bajarilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Markaziy Osiyo davlatlarida har daqiqada töqqiz kvadrat metr yer çöllanib borayotgani haqida xabar berilgan edi.