“Harbiylarni moliyalaştirgan” rossiyalik xonandaning Londondagi kontserti bekor qilindi
Londondagi “For Your Eyes Only” klubi rossiyalik “Instasamka” nomi bilan tanilgan bloger va xonandaning joriy yil 14 noyabrga rejalaştirilgan kontsertini bekor qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilişiça, qaror Londondagi “Rus demokratik jamiyati” asosçisi Kseniya Maksimovaning klubga yöllagan şikoyatidan söng qabul qilingan.
Malum qilinişiça, Maksimova klubga yozgan murojaatida “Instasamka” Rossiya harbiylariga pul ötkazgani va Ukrainaning “Mirotvorets” bazasiga kiritilganini aytgan.
Xonandaning mazkur bazadagi profilida u “Rossiya natsizmi, faşizmi va Kremlning imperiyaparast qadriyatlarini” tarğib qilişi haqida yozilgan.
“Instasamka” esa avvalroq harbiylarga pul berganini rad etgan. “Exo” esa “Mirotvorets” uşbu malumotga dalil sifatida işonçsiz Telegram-kanalidagi xabarga asoslangan Ukraina ommaviy axborot vositalari publikatsiyalaridan foydalanganini qayd etgan.
Şunga qaramay, klub vaziyatni “sinçiklab körib çiqqaç”, xonandaning çiqişini bekor qilişga qaror qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina “Qizaloq va maymoq” multserialini yaratiş va tarqatişga aloqador beş nafar rossiyalik hamda törtta taşkilotga qarşi sanktsiya joriy qilgandi.