Putin va Lukaşenkoning karikaturasini çizgan rossiyalik rassom Polşada otib öldirildi
Rossiyalik rassom va aktsiyaçi Semyon Skrepetskiy Polşadagi Byala-Podlyaska şahrida otib öldirildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Xabarlarga köra, voqea şahardagi turar joy majmuasi yaqinidagi avtoturargohda sodir bölgan. Politsiya 44 yoşli Rossiya fuqarosi bir neça marta yaqin masofadan otib öldirilganini tasdiqlagan.
Tibbiy xodimlar voqea joyiga yetib kelganida, u allaqaçon vafot etgan bölgan. Malumotlarga köra, hujumçi jabrlanuvçiga yaqin masofadan bir neça marta öq uzgan. Hodisadan söng politsiya şaharga kiriş-çiqiş yöllarini yopgan, maktablar va bolalar boğçalari qöriqlovga olingan.
Dastlabki malumotlarga köra, jinoyatda ikki kişi iştirok etgan bölişi mumkin. Ulardan biri Belarus konsulligi yaqinida qölga olingan, ikkinçi gumonlanuvçi qidirilmoqda. Ayrim norasmiy malumotlarga köra, jinoyat joyiga kelişda taksi haydovçisidan foydalanilgani aytilmoqda, ammo bu hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Semyon Skrepetskiy (asl ismi Robert Kuzovkov) Rossiyaning Oltoy ölkasidan bölib, siyosiy karikaturalari bilan tanilgan rassom edi. U Putin, Lukaşenko, Qodirov va Navalniy kabi şaxslarga hajviy rasmlar çizgan. Şuningdek, u Ukraina hukumatini ham tanqid qilgan va Mirotvorets bazasiga kiritilgani haqida malumotlar bor. U 2021 yildan beri Polşada yaşab ijod qilib kelgan. Sönggi aktsiyalaridan biri 12 iyunda Berlinda bölgan. U Rossiya kuni munosabati bilan ötkazilgan norozilik tadbirida qatnaşib, qölida Stalin va Putin tasvirlangan karikatura bilan piket qilgan.
Skrepetskiy Aleksey Navalniy haqida kamida uçta karikatura çizgan bölib, uni “Kremlning eng muvaffaqiyatli loyihasi, Rossiya muxolifatini yöq qilgan şaxs” deb atagan.
Bundan taşqari, u Ukraina hokimiyatini ham tanqid qilgan va şu sababli Ukraina “Mirotvorets” bazasiga kiritilgan.
Semyon Skrepetskiy “Rossiya-2028” nomli kitob muallifi. U şuningdek YouTube’da satirik videoblog yuritgan va MC Screp taxallusi ostida trap uslubida qöşiqlar yozgan.