“Falastin ozod bölsin”. Yulduz Usmonovaning AQŞdagi kontserti bekor qilindi
5-05-2026, 16:16
316 марта

“Falastin ozod bölsin”. Yulduz Usmonovaning AQŞdagi kontserti bekor qilindi
AQŞda Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning kontsertiga qarşi kampaniya boşlangani fonida Oceana teatrida joriy yilning 9 may kuni ötkazilişi rejalaştirilgan kontsert dasturi bekor qilindi. Bu haqda teatrning Facebook’dagi sahifasida elon qilindi.“9 may kuniga belgilangan Yulduz Usmonovaning kontserti bekor qilindi. Hurmatli mijozlar, çipta pullari çipta sotib olingan joylarda qaytarib beriladi. Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz”, deyiladi elonda.Xonanda Yulduz Usmonova uşbu voqealardan söng Instagram’dagi sahifalarida murojaat bilan çiqdi.
“Vatandoşlarimiz, özbeklar, qirğizlar va mening muxlislarim, kontsertga çipta sotib olganlardan minnatdorman. Barça çiptalar sotildi, yani “sold out”. Bu meni juda quvontiradi. Lekin aytişadiku, insonning taqdiri oldindan yozilgan böladi, deb. Biroq siz yahudiylar va sionistlar, meni keçirim söraydi deb öylasangiz, adaşyapsiz. Men öz fikrlarimda qatiyman”, degan u.Şuningdek, sanatkor murojaatida Falastin ozod bölişini, Isroil dunyo egasi emasligi haqida söz yuritgan.