Tramp nutqlari böyiça “stavka” qilgan Oq uy xodimi jazolandi
Oq uyning sobiq telesuflyor operatori Gabriel Peres Prezident Donald Tramp nutqlarida nima deyişi haqida maxfiy malumotlardan foydalanib, “stavka” qilgani uçun 172 ming dollardan ortiq mablağ tölaydigan böldi. Bu haqda “BBC” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Peres 2025 yil dekabridan 2026 yil fevraligaça Trampning çiqişlarida qaysi söz va mavzular tilga olinişi böyiça Kalşi platformasida savdolar qilgan. Malum qilinişiça, uşbu platformada foydalanuvçilar real hayotdagi voqealar natijasi böyiça şartnomalar sotib olib, stavkalar qöyadi.
Uşbu faoliyatni tartibga soluvçi AQŞ tovar fyuçerslari savdosi komissiyasi (CFTC) Peres 107 539,02 dollar miqdoridagi foydani qaytarişi va 65 ming dollar fuqarolik jarimasi tölaşi kerakligini bildirgan. Peres, şuningdek, 3 yil davomida savdo qiliş huquqidan mahrum etilgan.
CFTC’ning malum qilişiça, sobiq xodim Tramp nutqlari mazmuni haqida oldindan bilgan malumotlarini öz manfaati yölida işlatib, “işonç va maxfiylik majburiyatini buzgan holda” stavkalar qilgan. Biroq tergov bilan “namunali darajada hamkorlik qilgani” inobatga olinib, unga belgilangan fuqarolik jarimasi miqdori kamaytirilgan.
Oq uy hozirça bu masala yuzasidan izoh bermagan. Iyul oyida öşa paytdagi matbuot kotibi Karolayn Levitt Peres haq tölanmaydigan tatilda ekani va lavozimiga qaytmasligini bildirgan edi.
“Kim bölişingizdan qati nazar, qoidalarimiz yoki federal qonunlarni buzsangiz, oqibatlarga duç kelasiz”, deb yozgan Kalşi’ning boş huquqşunosi Bobbi Deno X ijtimoiy tarmoğida Peresga nisbatan qarorni olqişlab.
Kompaniya, avvalroq BBC’ga mart oyida öz tahlilçilari “tilga oliş bozorlari”da ğayrioddiy faollikni payqaganini malum qilgan. Bunday şartnomalarda foydalanuvçilar muayyan notiq, jumladan Prezident, nutqida muayyan davlatlar, saylov şiorlari yoki boşqa sözlar tilga oliniş-olinmasligini başorat qiladi.
Kalşi malumotlar orqali uşbu foydalanuvçining Oq uyda telesuflyorlarni boşqargan federal xodim ekanini aniqlagan va uning faoliyati haqida regulyatorga xabar bergan.
Kompaniya iyul oyida prezidentlar va Federal zaxira tizimi rahbarlari kabi siyosiy yetakçilarning aytgan sözlari valyuta, neft fyuçerslari va aktsiyalar bozorida milliardlab dollarlik harakatlarga sabab bölişi mumkinligini takidlagan. Şuningdek, öşa oyda Oq uy boşqaruv ofisi mamuriyat xodimlariga prognoz bozorlarida pul tikmaslik haqida xat yuborgani malum qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Oy yuzasidagi biror obekt uning şarafiga nomlanişini xohlaşini aytgandi.