USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Kalmar öyini”: maktab qizlari “video çellenj” uçun 12 yoşli bolani öldirgani aytildi

321 марта
“Кальмар ўйини”: мактаб қизлари “видео челленж” учун 12 ёшли болани ўлдиргани айтилди

Moskva viloyatining Orexovo-Zuyevo şahar okrugida 12 yoşli maktab öquvçisi öldirildi, jinoyatda gumonlanayotgan 15 va 16 yoşli ikki nafar yuqori sinf öquvçisi esa qölga olindi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 12 yoşli bola 26 avgust kuni Kabanovo qişloğida bedarak yöqolgan. Uni qidiriş işlariga köngillilar ham jalb qilingan. 27 avgust kuni bolaning jasadi köplab piçoq jarohatlari bilan taşlandiq bino – mahalliy kasb-hunar talimi muassasasining sobiq yotoqxonasi podvalida topilgan.

Köp ötmay, jinoyatda gumonlanib, mahalliy 2 nafar voyaga yetmagan qiz – 15 va 16 yoşli öquvçilar uşlangan. Tergovçilar qotillik böyiça jinoyat işi qözğatgan.

Telegram-kanallar va ommaviy axborot vositalari huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi manbalariga tayanib, qizlar qotillikni oldindan rejalaştirgani, piçoq va qölqoplar tayyorlagani haqida yozmoqda. Ular halok bölgan bolani qişloqdagi qöşnisi sifatida tanişgan.

Malum qilinişiça, ösmir yöqolgan kuni qizlar uni “pivo içiş” bahonasida sayr qilişga çaqirib, taşlandiq binoga olib borgan. “Komsomolskaya pravda” naşrining politsiyadagi manbasi qizlar “odamlar qanday ölişini körişni” istaganini aytgan.

Ayrim manbalarga köra, qizlar qotillik jarayonini telefonga tasvirga olib, qandaydir “video çellenj”ni bajargan. Boşqa manbalar esa gumondorlar izlarni yöqotiş maqsadida ataylab mobil telefonlarini özlari bilan olmaganini bildirgan. Jinoyatdan söng ular uylariga qaytib ketgan.

Halok bölgan bolaning onasi Irina “msk1” naşriga bergan intervyusida gumonlanuvçilar boşqa qotilliklarni ham rejalaştirgan bölişi mumkinligini aytgan. Uning sözlariga köra, tergovning versiyalaridan biri qizlar Janubiy Koreyaning “Kalmar öyini” serialidan ilhomlangan bölişi mumkinligini nazarda tutadi.

Serial voqealarida qahramonlar hayot-mamot uçun şafqatsiz öyinlarda iştirok etadi. Bolaning onasi tergovçilar bunday xulosaga gumonlanuvçilardan birining xonasida serial qahramonlari tasvirlangan plakatlar bölgani va uning TikTok akkauntida serialdagilarning qotillik sahnalari joylangani asosida kelganini aytgan.

Kabanovo aholisidan biri “msk1” naşriga 2 nafar qiz ham tinç va janjalkaş bölmaganini, ammo maktabda boşqa tengdoşlari ular bilan köp muloqot qilmaganini bildirgan. Uning aytişiça, qizlar bir-biri bilan yaqin döst bölib, köp vaqtni birga ötkazgan.

Naşr suhbatdoşining takidlaşiça, qizlardan halok bölgan bola ham kiritilgan 50 nafardan iborat röyxat topilgani haqida malumot bor. Şuningdek, uning aytişiça, gumonlanuvçilar heç qanday submadaniyatga, jumladan, satanizmga aloqador bölmagan, ammo “Kalmar öyini” serialiga juda qiziqqan.

Siloviklarga yaqin REN manbasi esa gumonlanuvçilarning söroqda bergan körsatmalari haqida malumot tarqatgan. Unga köra, qizlardan biri ançadan beri “qon nima ekanini va odam öldiriş qanday bölişini” bilişni istaganini aytgan.

Boşqa gumonlanuvçi esa dugonasi bilan romantik munosabatda bölganini va halok bölgan bola bu sirni oşkor qilib qöyişidan qörqqanini bildirgani aytilmoqda.

Hozirça uşbu malumotlarning bir qismi huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan rasman tasdiqlanmagan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Malayziyada 14 yoşli ösmir 16 yoşli maktabdoş qizni öldirişda ayblanib, 40 yilga qamalişi mumkinligi aytilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: