Tataristonda öquvçi litsey xodimasiga piçoq bilan hujum qildi
22-01-2026, 15:50
249 марта

Tataristonda öquvçi litsey xodimasiga piçoq bilan hujum qildi
Bugun, 22 yanvar kuni Rossiyaning Tatariston Respublikasida 7-sinf öquvçisi litseyga piçoq olib borib, muassasa xodimasini jarohatladi. Şuningdek, u bino içida petardalar portlatgani aytilmoqda. Bu haqda “Gazeta” xabar berdi.Malumotlarga köra, 13 yoşli öquvçi Nijnekamsk şahridagi 37-litseyga kirayotganda farroş ayolga piçoq bilan hujum qilgan. U koridorda petardalarni ham soçib yuborgan, şundan söng barça öquvçilar sinfxonalariga berkinib olgan.
ŞOT malumotiga köra, ösmir bino içida uçta qölbola petardani portlatgan. Hujumga sinfdoşlari bilan kelib çiqqan mojaro sabab bölgan bölişi mumkin. Hujum haqidagi malumotni Nijnekamsk meri Radmir Belyayev tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, binodan hamma evakuatsiya qilingan, hodisa joyida tezkor xizmatlar işlamoqda.
“Dastlabki malumotlarga köra, 7-sinf öquvçisi piçoq bilan muassasa xodimasiga hujum qilgan. Uning hayotiga heç narsa xavf solmayapti, zarur tibbiy yordam körsatilmoqda. Barça öquvçilar evakuatsiya qilingan, ulardan heç kim jabrlanmagan”, deydi Radmir Belyayev.