Talaba professorga piçoq bilan hujum qildi
22-12-2025, 23:27
3 888 марта

Talaba professorga piçoq bilan hujum qildi
Keça, 21 dekabr kuni Qozoğistonning Olmaota şahrida joylaşgan oliy talim muassasalaridan birida universitet talabasi professorlardan biriga piçoq bilan hujum qildi. Bu haqda “Sputnik Qozoğiston” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa universitet hududida yuz bergani aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda tarqalgan malumotlarga köra, jinoyatda oddiy oşxona piçoğidan foydalanilgan.
Qozoğiston Içki işlar organlari voqea böyiça suriştiruv işlari olib borilayotganini malum qilgan. Dastlab gumonlanuvçi qidiruvda ekani aytilgan bölsa, keyinçalik u qölga olingani va hozirda hibsda saqlanayotgani tasdiqlangan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Şuningdek, hujum sabablari, talaba va jabrlangan professor örtasidagi munosabatlar, şu bilan birga, hodisaning boşqa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Rasmiy manbalar hozirça jabrlangan professorning ahvoli haqida malumot bermagan. Xususan, rasmiy idoralar tergov yakunlangaç, qöşimça malumot berilişini bildirgan.