“Yon qöşni, jon qöşni”. Endi Kanada Tramp köçasi nomini özgartirmoqçi
Kanada poytaxti Ottavada AQŞ Prezidenti Donald Tramp şarafiga qöyilgan Tramp-avenyu köçasini qayta nomlaş masalasi körib çiqilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Markaziy park hududida joylaşgan köça qariyb 25 yildan beri AQŞ Prezidenti nomi bilan ataladi. Biroq Kanada va AQŞ örtasidagi munosabatlar yomonlaşgani sababli mahalliy hokimiyat vakillari Tramp nomi köçalardan birida saqlanib qolişini “şarmandagarçilik” deb baholamoqda.
Ottava şahar kengaşi azosi Tim Tirnining malum qilişiça, köçani qayta nomlaş böyiça bir neçta taklif bor. Ular orasida Tako-avenyu nomi ham bor. Bu nom ingliz tilidagi Trump Always Çickens Out – “Tramp har doim qörqib ketadi” iborasining qisqartmasi sifatida taklif qilingan.
Şuningdek, Obama-avenyu, Ontario-avenyu, Kanada-avenyu, Biver-avenyu, Meksika qöltiği-avenyu, Kanada ğozi-avenyu, Pelosi-avenyu va Trampning aşaddiy tanqidçilaridan biri bölgan komik Rozi ÖDonnell nomi bilan ataş variantlari ham bildirilgan.
Köçani qayta nomlaş böyiça ovoz beriş Tramp mamuriyati Ontario kölini “Amerika köli” deb qayta nomlaşni közda tutuvçi farmonni imzolaşidan bir kun oldin ötkazilgan. Tim Tirnining aytişiça, köça nomini özgartiriş uçun mahalliy aholining yarmidan köpi bu taşabbusni qöllab-quvvatlaşi kerak, şuningdek, masala jamoatçilik muhokamasidan ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kanada bilan davom etayotgan savdo uruşi fonida Ontario kölining nomini “Amerika köli” (Lake America) deb özgartiriş töğrisida farmon imzolagandi.