Foydali boykot: kanadaliklar AQŞ mahsulotlaridan keçib, mahalliy brendlarni tanlamoqda
Kanadada AQŞning savdo siyosati va Prezident Donald Trampning mamlakatga nisbatan munosabatiga norozilik sifatida amerikalik mahsulot va xizmatlarni boykot qiliş kengaymoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, kanadaliklar AQŞda işlab çiqarilgan oziq-ovqat, alkogol, texnologiya, avtomobillar va boşqa mahsulotlarni sotib olmaslikka, şuningdek, AQŞga sayohat qilmaslikka harakat qilmoqda. Ayrimlar Netflix, Amazon Prime, Apple TV va Disney+ kabi Amerika striming xizmatlaridan, X, Facebook va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardan ham voz keçgan.
Boykotga AQŞning Kanada tovarlariga joriy etgan tariflari va Trampning mamlakatni AQŞ tarkibiga qöşib oliş haqidagi tahdidlari sabab bölgan. Joriy haftada AQŞ Kanadadan import qilinadigan 20 milliard dollarlik tovarlarga 50 foizlik boj joriy qilgandi. Kanada Boş vaziri Mark Karni esa AQŞ çoralariga “dollarga dollar” tamoyili asosida javob berişini malum qilgandi.
“The Guardian” malumotiga köra, naşrning çaqiruviga Kanada böylab 3,5 mingdan ortiq kişi javob berib, AQŞning siyosiy va iqtisodiy siyosati sabab hayot tarzida qanday özgarişlar qilganini bildirgan.
Köplab kanadaliklar mahalliy oziq-ovqat va alkogolli içimliklarni tanlamoqda, AQŞga safarlarni bekor qilmoqda hamda Amerika texnologiyalaridan foydalanişni töxtatmoqda. Ayrimlar Tesla avtomobillaridan voz keçgan, amerikalik viskilarni sotib olişni töxtatgan.
Biroq Ontario provintsiyasida yaşovçi dizel mexanigi Uilyam Makdonaldning aytişiça, AQŞ mahsulotlaridan voz keçiş uning xarajatlarini oşirgan. U AQŞ pivosi örniga Kanada pivosini istemol qilayotgani sabab yiliga qöşimça 1 ming Kanada dollariga yaqin mablağ sarflayotganini, oziq-ovqat xarajatlari esa haftasiga taxminan 50 dollarga oşganini aytgan.
Kanadada AQŞ mahsulotlarini rad etiş harakati “ABUS” – “Anything but US” (“AQŞdan boşqa hamma narsa”) va “ABUSA” – “Anywhere but USA” (“AQŞdan boşqa istalgan joy”) kabi şiorlar bilan ham tarqalgan. “Elbows Up!” şiori ham ommalaşgan bölib, u xokkeyda qattiq qarşilik körsatiş manosini anglatadi.
Vinnipeg şahrida yaşovçi Deniz AQŞga nisbatan salbiy munosabat mamlakatda siyosiy qaraşlaridan qati nazar keng tarqalganini takidlagan. Uning aytişiça, ayrim kanadaliklar AQŞ aviakompaniyalaridan foydalanmayapti, Amerika aeroportlarida hatto tranzitdan ham qoçmoqda va investitsiyalarini Kanada kompaniyalariga ötkazmoqda.
Iyul oyida ötkazilgan Angus Reid söroviga köra, Kanadadagi oziq-ovqat xaridorlarining 40 foizi mahsulot qayerda işlab çiqarilganini tekşira boşlagan. Ularning aksariyati imkoni bölsa, AQŞ mahsulotlaridan voz keçişga harakat qilgan.
Ayrim kanadaliklar boykot tufayli AQŞ mahsulotlarining mahalliy muqobillarini izlaşga majbur bölmoqda. Xususan, Nanaymo şahrida yaşovçi 68 yoşli sobiq öqituvçi Elizabet Lorents qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarini tekşirib, AQŞda işlab çiqarilgan tovarlarni sotib olmasligini aytgan.
Galifaksda yaşovçi IT sohasi mutaxassisi Jeyms Byuken esa Apple mahsulotlarining barçasini sotganini malum qilgan. U bir yillik MacBook, iPhone, AirTags va AirPods qurilmalaridan voz keçib, ularni boşqa muqobillarga almaştirgan.
Kalgarilik 61 yoşli sobiq muhandis Kurt esa AQŞ viskilarini xarid qilişni töxtatgan. Uning sözlariga köra, u va viski işqibozlaridan iborat guruh avval har yili Amerika viskilariga taxminan 10 ming dollar sarflagan, boykot boşlanganidan beri esa bu xarajat nolga tuşgan.
Köplab kanadaliklar AQŞ bilan munosabatlar avvalgi holatiga qaytişiga işonmayotganini bildirgan. Ayrimlar Tramp mamuriyati almaşganidan keyin ham Amerika mahsulotlarini sotib olişga qaytmasligini aytgan.
Şu bilan birga, boykot harakati Kanadada mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş va iqtisodiy mustaqillikka intilişni kuçaytirmoqda. Ayrim kanadaliklar AQŞ bilan munosabatlardagi inqiroz mamlakatni birlaştirib, öz iqtisodiyoti va içki bozoriga köproq etibor qaratişga undayotganini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kanada ham AQŞning yangi bojlariga javoban 700 ga yaqin turdagi Amerika mahsulotlariga qöşimça boj joriy qilgandi.