Şimoliy Kiprda yölovçilar kemasi ağdarilib ketdi. Qurbonlar bor
Şimoliy Kipr qirğoqlari yaqinida bortida 250 dan ortiq yölovçisi bölgan kema ağdarilib ketdi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Qayd etilişiça, Filo Denizcilik kompaniyasining Girnedan (Kireniya) Turkiyaning Taşuju portiga suzib ketayotgan kemasi tan olinmagan Şimoliy Kipr Turk Respublikasi hududidagi Girne qirğoqlaridan taxminan 2 kilometr uzoqlikda ağdarilib ketgan.
Bortda 259 nafar yölovçi va 8 nafar ekipaj azosi bölgan. Bazi OAVlar 267 dan 279 kişigaça bölgan raqamlarni keltirmoqda. Kemaning tumşuq qismi teşilib, suv töplana boşlagan, şundan söng kapitan uni qirğoqqa burmoqçi bölgan, biroq kema baribir ağdarilib ketgan.
“Halok bölganlar va oğir yaralanganlar bor”, deb xabar berdi Şimoliy Kipr transport vaziri Erhan Arikli.
Yölovçilar orasida Germaniya va Eron fuqarolari bölgan.
Voqea joyiga sohil xavfsizlik katerlari va qutqaruv vertolyoti yuborilgan, qidiruv-qutqaruv operatsiyasini kuçli tölqinlar qiyinlaştirmoqda. Girne şahri hokimi Murat Şenkul qutqaruvçilar 159 nafar yölovçi bilan aloqa örnatişga muvaffaq bölganini, hozirga qadar yuzga yaqin kişi qirğoqqa olib çiqilganini malum qilgan.
Sönggi malumotlarga köra, 8 kişi halok bölgan, 23 nafar yölovçi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Tergov harakatlari boşlangan, sakkiz kişi qölga olingan.
Erhan Arikli qidiruv-qutqaruv işlari uçun barça mavjud resurslar safarbar etilganini — sohil xavfsizlik katerlari, vertolyotlar va fuqarolik kemalari jalb qilinganini malum qilgan. Şuningdek, dengizga Casa turdagi samolyot va ikkita uçuvçisiz uçiş apparati yuborilgan. Favqulodda xizmatlarning say-harakatlariga qaramay, kuçli tölqinlar qiyinlaştiruvçi omil bölib qolmoqda.
Girne portida dala gospitali taşkil etilgan.