NASA 4 mlrd dollarlik teleskopni fazoga uçirdi
Keça, 30 avgust kuni NASA Floridadagi Kennedi nomidagi kosmodromdan qiymati taxminan 4 milliard dollarga teng yangi “Nancy Grace Roman Space Telescope” kosmik teleskopini fazoga uçirdi. Bu haqda NASA saytida xabar berildi.
Qayd etilişiça, apparat SpaceX kompaniyasining Falcon Heavy raketasi orqali orbitaga olib çiqilgan. “Roman” teleskopi “Hubble” va “James Webb” bilan bir qatorda NASA’ning asosiy kosmik observatoriyalaridan biriga aylanadi hamda qoronği energiya, qoronği materiya va Quyoş tizimidan taşqaridagi sayyoralarni örganadi.
“Roman”ning köriş maydoni Hubble’nikiga qaraganda kamida 100 baravar katta bölib, tasvir aniqligi böyiça u bilan tenglaşa oladi. Şu tufayli teleskop koinotda keng kölamli kuzatuvlarini olib boriş imkoniyatiga ega böladi. NASA “Roman” öz faoliyati davomida taxminan bir milliardga yaqin galaktikalar yoruğligini ölçay olişiga umid qilmoqda.
“Roman”ning asosiy vazifalaridan biri – olimlar koinotning tezlaşib borayotgan kengayişini tuşuntiruvçi qoronği energiyaning tabiatini örganişdir. Zamonaviy baholaşlarga köra, Koinot tarkibining taxminan 68 foizi uning hissasiga töğri keladi, biroq uning tabiati hanuz nomalum. Bundan taşqari, oxirgi kuzatuvlar qoronği energiyaning tasiri vaqt ötişi bilan özgarişi mumkinligini körsatmoqda. Koinotning tezlaşib kengayişini yana bir ehtimoliy tuşuntirişi – Albert Eynşteynning umumiy nisbiylik nazariyasi ulkan kosmologik miqyoslarda tortişiş kuçini (gravitatsiyani) aniq tasvirlay olmay qolişi bilan boğliq. “Roman” uşbu ikki tuşuntirişni tekşiriş uçun ham möljallangan.
Buning uçun teleskop bir vaqtning özida bir neçta mustaqil usullarni qöllaydi. Xususan, u minglab Ia turdagi yangi yulduzlarni kuzatadi: ularning yorqinligi va ulargaça bölgan masofaga qarab olimlar koinotning kengayiş tezligi milliardlab yillar davomida qanday özgarganini tiklaşlari mumkin böladi. “Roman”, şuningdek, millionlab galaktikalargaça bölgan masofani ularning qizil surilişi böyiça ölçaydi va ularning joylaşuvining uç ölçamli xaritasini tuzadi. Bundan taşqari, teleskop kuçsiz gravitatsion linzalanişni – ularning oldida joylaşgan materiya tasirida olisdagi galaktikalar tasvirining zörğa seziladigan egrilanişini tadqiq qiladi. Bu, şuningdek, körinmas qoronği energiya xaritasini tuzişga va koinotning yirik miqyosli tuzilmasi vaqt ötişi bilan qanday şakllanganini kuzatişga imkon beradi. Bir neçta usullar olingan natijalarni özaro tekşiriş uçun ham zarur.
“Roman”ning ikkinçi yirik vazifasi ekzoplanetalarni qidiriş böladi. Oldingi köplab missiyalardan farqli ölaroq, teleskop gravitatsion mikrolinzalaniş effektidan juda faol foydalanadi. Agar sayyorasi bor yulduz olisdagi boşqa bir yulduz oldidan deyarli aniq ötib qolsa, uning tortişiş kuçi orqa fondagi yulduz yoruğligini qisqa vaqtga kuçaytiradi, sayyoraning mavjudligi esa uşbu yorqinlik özgarişida qöşimça iz qoldiradi. Bunday hodisalar bor-yöği bir neça soat davom etişi mumkin, şu sababli ularni Yerdan aniqlaş qiyin. “Roman” domiy ravişda taxminan 100 mln yulduzni kuzatib boradi va NASA baholaşiga köra, bu usul orqali 2,5 mingga yaqin sayyoralarni aniqlaydi.
Mikrolinzalaniş boşqa keng tarqalgan usullar bilan topiş qiyin bölgan planetalarni aniqlaşga imkon bergani uçun alohida ahamiyatga ega. Tranzit usuli öz yulduziga yaqin joylaşgan planetalar uçun eng yaxşi işlaydi, mikrolinzalaniş esa olisdagi olamlarni — Uran va Neptun analogluri, potentsial yaşaş mumkin bölgan hududdagi planetalar va umuman yulduzlar atrofida aylanmaydigan «sargardon-planetalar»ni ham qidirişga imkon beradi. NASA Roman Quyoş tizimidagi deyarli barça turdagi planetalarning muqobillarini aniqlay olişiga umid qilmoqda.