Paxtaqanddan ham yengil bölgan ulkan sayyoralar topildi
Astronomlar hajmi Yupiter bilan deyarli bir xil, biroq ziçligi paxtaqanddan ham past bölgan ikkita ulkan sayyorani aniqladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Olimlarning malum qilişiça, uşbu ğalati sayyoralar Yerdan taxminan 1 110 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan yulduz atrofida aylanadi. Ular hozirgaça topilgan öz ölçamidagi eng yengil sayyoralar sifatida qayd etilmoqda.
Tadqiqot NASA’ning TESS kosmik teleskopi yordamida olingan kuzatuvlarga asoslangan. Avval kosmik teleskop sayyoralarni aniqlagan, keyin esa Yerda joylaşgan teleskoplar yordamida ularning orbitasi va ziçligi aniq hisoblab çiqilgan.
Olimlar bu sayyoralarni super-pufak deb ataydi, çunki ularning ziçligi nihoyatda past bölib, hatto paxta qanddan ham yengilroq hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikriça, bu sayyoralar asosan vodorod va geliy gazlaridan iborat bölişi mumkin. Ularning rangi ham aniq emas, biroq atmosfera şaroitiga qarab ular oq yoki kökimtir tusda körinişi ehtimoli bor.
Sayyoralar Quyoş tizimidan taşqaridagi ekzosayyoralar sinfiga kiradi. NASA malumotlariga köra, hozirgaça 6 300 ga yaqin ekzosayyora tasdiqlangan bölib, ularning atigi 40 tadan kamroği super-pufak turiga kiradi.
Taqqoslaş uçun, Quyoş tizimidagi eng katta sayyora – Yupiter bu ikki sayyoradan qariyb 35 barobar ziçroq hisoblanadi. Olimlar bu turdagi sayyoralar qanday paydo bölişi haqida ham taxminlar bildirmoqda. Ularning fikriça, bunday sayyoralar yangi tuğilgan yulduz atrofidagi gaz va çanğ diskida hosil böladi. Dastlab ular gazga boy böladi, vaqt ötişi bilan esa öz massasining katta qismini yöqotib, nihoyatda yengil va şişgan sayyoraga aylanadi.
Astronomlarning aytişiça, bunday noyob sayyoralarni örganiş Koinotda sayyoralar qanday şakllanişini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi va insoniyatning koinot haqidagi bilimlarini yanada kengaytiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq NOIRLab astronomlari Kristal şar tumanligi deb ataladigan NGC 1514 obektining yangi tasvirini elon qilgandi.