Sanktsiyalar bosimi – bu bugungi kun haqiqati – Lukaşenko ŞHT sammitida
Axborot, diplomatik, moliyaviy-iqtisodiy va boşqa sanktsiyalar bosimi – bu bugungi kun haqiqati. Bu haqda bugun, 1 sentyabr kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Bişkekdagi “Iris Ordo” kongress-xollida ŞHTga azo davlatlar davlat boşliqlari kengaşining majlisida söz oçdi.
“Global nizolar ortib borayotgan bir şaroitda ŞHTning şakllanayotgan köp qutbli dunyo tartibotining Yevrosiyo markazi sifatidagi nufuzini mustahkamlaş va amalda tasdiqlaş, taşkilotning özida işning har bir asosiy yönalişi böyiça jipslikni taminlaş muhimdir”, deydi u.
Lukaşenkoning aytişiça, uşbu sohadagi tahdidlar ortib bormoqda. Axborot, diplomatik, moliyaviy-iqtisodiy va boşqa sanktsiyalar bosimi – bu bugungi kun haqiqatidir. Dunyo qudratlilarining arsenalida endilikda faqat rangli inqiloblar va gibrid tasir körsatiş texnologiyalarigina emas, hozirgi vaqtda töğridan töğri ommaviy harbiy agressiya namoyişkorona qaytib keldi.
“Bunday tahdidga bizning javobimiz Yevrosiyoda yangi xavfsizlik arxitekturasini şakllantiriş, umumiy işonç va hamkorlik maydonini yaratiş bölişi kerak”, deydi Lukaşenko.
Şuningdek, uning aytişiça, birgalikdagi taşabbuslar aniq natijalar berişi, xalqlar farovonligini mustahkamlaşi va davlatlarning jipslaşişiga xizmat qilişi kerak.
“Biz sifatga ötadigan va keng kölamli amaliy taşabbuslarga olib keladigan uçraşuvlar sonini kutmoqdamiz”, deydi Belarus yetakçisi.
Lukaşenko, şuningdek, ŞHT Taraqqiyot bankining tezroq taşkil etilişini qatiy qöllab-quvvatlaşini bildirgan va özaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar uluşini oşiriş böyiça çora-tadbirlarni olqişlagan.
“Belarus taşkilotning yagona, oçiq va xavfsiz raqamli makonini tezroq yaratiş tarafdori. Axborot xavfsizligi, raqamli rivojlaniş va suniy intellektdan foydalaniş sohasida tajriba almaşiş böyiça keng kölamli dasturni işga tuşirişni taklif etamiz”, deydi Aleksandr Lukaşenko.
Uning sözlariga köra, Belarusida taşkil etilayotgan Suniy intellektni qöllaş sohasida Xitoy – ŞHT hamkorlik markazi bunday almaşinuvlar uçun xabga aylanişi mumkin.
Şuningdek, Lukaşenkoning sözlariga köra, ŞHTning YeOII, MDH, KXŞT, ASEAN, Afrika ittifoqi va BRICS kabi boşqa birlaşmalar bilan aloqalarini kengaytiriş zarur. Hamkorlikning turli formatlarini uyğunlaştiriş Şanxay hamkorlik taşkilotining global iştirokçi sifatidagi rolini oşirişga yordam beradi.