USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Yaponiya – AQŞ maşğulotlaridan xavotirda – Zaxarova

99 марта
Россия Япония – АҚШ машғулотларидан хавотирда – Захарова

Rossiya AQŞ bilan bölajak harbiy maşğulotlar munosabati bilan Yaponiyaga etiroz bildirdi. Bu haqda bugun, 1 sentyabr kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Şarqiy iqtisodiy forum doirasidagi brifingda malum qildi.

Zaxarovaning sözlariga köra, Yaponiyaning Rossiyadagi elçixonasiga AQŞ bilan bölajak harbiy maşğulotlar yuzasidan xavotirlar bayon etilgan etiroz taqdim etilgan.

“31 avgust kuni Yaponiyaning Rossiyadagi elçixonasiga uşbu manyovrlar böyiça xavotirlar bayon etilgan etiroz bildirildi. Yaponiya tomoniga mamlakatimizning şarqiy çegaralari yaqinida gij-gijlovçi harbiy faollikka mutlaqo yöl qöyib bölmasligi qatiy körsatib ötildi”, deydi Zaxarova.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ilk bor Kuril orallariga taşrif buyurib, Tokioning keskin reaktsiyasiga sabab bölgan edi. Yaponiya tomoni qatiy norozilik bildirib, bu mamlakat xalqining tuyğularini haqoratlaş ekani aytilgandi.

Şuningdek, mamlakat Boş vaziri Sanae Takaiçi Tokio “Şimoliy hududlar” deb ataydigan Janubiy Kuril orallari – Kunaşir, Şikotan, Iturup va Xabomai “Yaponiyaning azaliy hududi” ekanini takidlagan.

Takaiçining aniqlik kiritişiça, yapon tomonining pozitsiyasiga köra, orollar “ham tarixiy nuqtai nazardan, ham xalqaro huquqqa muvofiq Yaponiyaning azaliy hududi” hisoblanadi.

Köp ötmay Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova javob bayonoti bilan çiqdi. Uning fikriça, Sanae Takaiçining Vladimir Putinning Iturup oroliga taşrifiga oid bildirgan fikrlari “haddan taşqari ğazab uyğotadi va mutlaqo qabul qilinişi mumkin emas”. Zaxarova barça Kuril orallari “Rossiyaning ajralmas qismi” ekanini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: