200 ming dollarlik olmosni oğziga yaşirgan sayyoh qamaldi
Çet ellik fuqaro Singapurdagi zargarlik dökonidan qimmatbaho toşni oğziga yaşirgan holda öğirlab ketdi va bu qilmişi uçun qamaldi. Bu haqda “The Straits Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 1 sentyabr kuni Singapur sudi çet ellik turistni juda yirik miqdordagi öğrilik uçun ikki yil-u tört oylik qamoq jazosiga hukm qilgan. Jinoyat şahardagi eng haşamdor zargarlik dökonlaridan birida sodir bölgan. Jinoyatçi dökonga qimmatbaho taqinçoq sotib olmoqçi bölgan oddiy xaridor qiyofasida borgan.
Sotuvçi mijozga zargarlik buyumlarini körsatayotgan bir vaqtda, erkak xodimlarning etibori bir lahzaga çalğiganidan foydalanib qolgan. U qiymati qariyb 200 ming dollarlik olmos toşni sezdirmasdan olib, oğziga yaşirgan. Dökon xodimlari toşning yöqolganini tezda payqab qolgan va politsiya yetib kelguniga qadar binodan çiqiş yöllarini tösib qöygan.
Qölga olingan şaxs oxirigaça öz aybini tan olişdan boş tortgan, biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari uni tibbiy körikdan ötkaziş uçun yuborgan. Rentgen tasviri qölga olingan şaxsning hazm qiliş tizimida yot jism borligini körsatgan. Toş tabiiy yöl bilan çiqarib olingaç, jinoyatçi sudda öz aybiga iqror bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatidagi “Navoiy” çegara bojxona postida bolalardan foydalangan holda tilla quymalari va yirik miqdordagi naqd valyutani mamlakatdan noqonuniy olib çiqişga urinişlar aniqlangandi.