BMTning salohiyati hali töliq oçilmagan – Putin
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining (BMT) salohiyati hali töliq oçilmagan. Bu haqda bugun, 1 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Bişkekda bölib ötgan “ŞHT plyus” sammitida söz oçdi.
Rossiya Prezidentining sözlariga köra, BMT davlatlar örtasidagi muloqot, diplomatiya va hamkorlik uçun noyob maydon bölib qolmoqda. Uning qöşimça qilişiça, taşkilot turli mamlakatlar manfaatlarini muvofiqlaştiriş mexanizmi sifatida yaratilgan va bu funktsiyani saqlab qolişi kerak.
“BMTning salohiyati hali töliq oçilmagandek tuyuladi. Uning faoliyati samaradorligini oşiriş, jumladan Xavfsizlik kengaşining vakilligini Global Janub va Şarq mamlakatlari hisobiga kengaytiriş uçun harakat qiliş muhimdir”, deydi Putin.
Rossiya rahbari BMT işini jahon siyosati va iqtisodiyotidagi özgarişlarga moslaştirişga çaqirgan. Şu bilan birga, u bugungi kunda davlatlar manfaatlarini muvofiqlaştiruvçi boşqa universal mexanizm mavjud emasligini qayd etgan.
“Butunjahon taşkiloti, şubhasiz, manfaatlarni muvofiqlaştiruvçi asosiy mexanizm funktsiyasini öz saqlab qolişi kerak. U eng boşidanoq manfaatlarni muvofiqlaştiriş mexanizmi sifatida yaratilgan edi”, deydi Rossiya Prezidenti va BMT Nizomi bundan buyon ham xalqaro huquqning asosiy manbai bölib qolişi kerakligini aytib ötgan.
Malumot uçun, Bişkekda bugun, 1 sentyabr kuni Şanxay hamkorlik taşkilotiga azo davlatlar rahbarlari kengaşi majlisidan söng “ŞHT plyus” formatida mamlakatlar yetakçilari va xalqaro taşkilotlar vakillarining uçraşuvi bölib ötdi. Unda 18 ta davlat va 7 ta xalqaro taşkilot vakillari iştirok etdi.
Qirğiziston Şanxay hamkorlik taşkilotidagi raisligini yakunladi va uni Pokistonga topşirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bişkekda bölib ötgan “ŞHT plyus” sammitida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Armaniston bilan nizoni hal qilişda heç qanday rol öynamaganini aytgan edi.