USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Köplab davlatlar öxşaş muammolarga duç kelmoqda – Şavkat Mirziyoyev 

89 марта
Кўплаб давлатлар ўхшаш муаммоларга дуч келмоқда – Шавкат Мирзиёев 

Bugungi kunda köplab davlatlar öxşaş muammolarga duç kelmoqda. Biroq ular böyiça bir mintaqada muvaffaqiyatli qöllanilayotgan yeçimlar köp hollarda boşqa mintaqalarda nomalumligiça qolmoqda. Bu haqda bugun, 1 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “ŞHT plyus” formati majlisidagi nutqida söz oçdi.

Özbekiston yetakçisi “ŞHT plyus” formatini mintaqalararo muloqot maydoni sifatida rivojlantirişni muhim deb hisoblaşini bildirgan.

“Barqaror ösiş, yuqori texnologiyalarni joriy etiş, iqlimga moslaşiş, inson kapitalini rivojlantiriş, hammabop talim va yoşlarni qöllab-quvvatlaş kabi aniq yönalişlarga etibor qaratişni taklif etaman.

Biz tajriba almaşişni yanada kengaytiriş, yondaşuvlarni muvofiqlaştiriş va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti doirasida yeçimlarni birgalikda ilgari surişimiz zarur”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Özbekiston yetakçisining aytişiça, “ŞHT plyus” mintaqaviy taşkilotlarning hamkorlik tarmoğini yaratiş uçun platforma bölib xizmat qilişi mumkin. Asosiy vazifa – makromintaqada loyihalarni birgalikda amalga oşiriş maqsadida ularning kotibiyatlari va ixtisoslaşgan organlari örtasida doimiy işçi aloqalarni yölga qöyişdan iborat.

Şu bilan birga, BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda mintaqaviy taşkilotlar salohiyatidan yanada faol foydalaniş lozim. Köplab davlatlar öxşaş muammolarga duç kelmoqda. Biroq ular böyiça bir mintaqada muvaffaqiyatli qöllanilayotgan yeçimlar köp hollarda boşqa mintaqalarda nomalumligiça qolmoqda.

“Tajriba almaşiş mexanizmi sifatida tabiatdan foydalaniş, “yaşil” energetika, raqamli xizmatlar va soğliqni saqlaş sohalarida mintaqalararo loyihalar va texnologiyalarning Oçiq bankini şakllantirişni taklif etaman.

Makromintaqamizda keng kölamli iqtisodiy kooperatsiyani yanada rivojlantiriş alohida ahamiyat kasb etmoqda”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Özbekiston Prezidentining aytişiça, biznes barça joyda bozorlarga kiriş tartib-taomillarining soddalaştirilişi, transçegaraviy yölaklarning işga tuşirilişi va töğridan töğri investitsiyalar oqimi körinişida amaliy natijalarni his qilişi lozim.

“Samaradorlikning ana şunday aniq körsatkiçlariga etibor qaratib, “ŞHT Invest” forumiga doimiy faoliyat yurituvçi platforma tusini berişni taklif etaman”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, Prezident ötgan çorak asr davomida ŞHT siyosiy tizimlari, madaniy ananalari va xalqaro jarayonlarga qaraşlari turliça bölgan davlatlar örtasida hamkorlik böyiça noyob tajriba töplaganini qayd etgan.

“Uşbu keng kölamli almaşinuvni rivojlantiriş maqsadida “ŞHT plyus” madaniyatlar va tsivilizatsiyalar doimiy forumini tasis etişni taklif etaman.

Mazkur tadbirni BMTning manfaatdor tuzilmalari bilan birgalikda yurtimizda, ilm-fan va marifatning qadimiy markazi bölgan Xiva şahrida ötkazişga tayyormiz”, deydi Özbekiston Prezidenti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişida Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng kölamli masalalarini muhokama qiliş uçun ŞHTning Afğoniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklaş vaqti kelganini aytib, “ŞHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” kontseptual qaraşini işlab çiqişni taklif etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: