Şavkat Mirziyoyev Qirğizistonga jönab ketdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan bugun, 31 avgust kuni Şanxay hamkorlik taşkilotiga azo davlatlar rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişi hamda “ŞHT plyus” formatidagi uçraşuvda iştirok etiş uçun Bişkek şahriga jönab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, tadbirlarda ŞHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş va taşkilot faoliyatini takomillaştirişning dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Özbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi va VI Butunjahon köçmançilar öyinlarining oçiliş marosimida iştirok etadi.