Germaniya Rossiyaning Bonndagi konsulligini va Berlindagi “Rus uyi”ni yopadi
Germaniya Leyptsig aeroportida dron yordamida hujum qilişga urinişga javoban Rossiyaning Bonndagi boş konsulligini va Berlindagi “Rus fan va madaniyat uyi”ni yopadi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vaziri Yohann Vadeful malum qildi.
Qayd etilişiça, hodisaning özi 2026 yil 4 avgust kuni Leyptsig/Galle aeroportida sodir bölgan. Ukraina yuk samolyoti yaqinida portlovçi modda örnatilgan dron aniqlangan. Keyinçalik tergovçilar yana bir neçta dron topgan. Germaniya rasmiylari sodir bölgan voqeani Ukraina samolyotiga hujum qilişga uriniş deb hisoblamoqda.
Berlinning qarorlari munosabati bilan Rossiyaning Germaniyadagi elçisi Sergey Neçayev GFR TIVga çaqirtirilgan. Germaniya rasmiylari Berlindagi “Rus uyi” faoliyati töğrisidagi bitimni bekor qiliş va Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirişi ustidan nazoratni kuçaytirişga qaror qilgan. Bundan taşqari, Rossiyaning Bonndagi konsulligi 18 sentyabrdan öz faoliyatini töxtatadi.
Yohann Vadefulning sözlariga köra, Rossiya muassasalarini yopişdan taşqari, Berlin Rossiyaning öziga qarşi sanktsiyalarni kuçaytirişga erişmoqçi.
Rossiya tomoni Germaniyaning xatti-harakatlariga javob beriş niyatida. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Moskva Germaniyaning antirossiya qarorlariga javob qaytaradi”, deb bayonot berdi.