Ukraina Putinning qarorgohiga dronlar uçirmagan — AQŞ razvedkasi
1-01-2026, 14:30
92 марта

Ukraina Putinning qarorgohiga dronlar uçirmagan — AQŞ razvedkasi
Putinning Novgorod viloyatidagi qarorgohiga 29 dekabr kuni dronlar hujum qilişga uringani haqida malumot tarqalgan edi. Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov 91 ta dron urib tuşirilganini aytgandi.
Öşanda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa hujum ehtimolini rad etib, buni “Rossiyaning navbatdagi yolğoni” deb atagan. Öşanda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov hujumga oid dalillarni keltirişdan boş tortgandi.
- AQŞ razvedkasiga köra, Putinga hujum qilişga uriniş heç qaçon bölmagan. Ukraina aslida Putin qarorgohi bilan bir hududda joylaşgan, ammo unga yaqin bölmagan harbiy nişonga zarba bermoqçi bölgan.
Mazkur post AQŞ razvedkasi rhabri Jon Ratkliff prezidentni uşbu masala yuzasidan xabardor qilganidan keyin elon qilindi. AQŞ razvedkasi Rossiya havo hududi va harbiy faoliyatini suniy yöldoşlar, radarlar hamda aloqa signallarini kuzatiş orqali monitoring qila oladi.
Dastlab Tramp 29 dekabr kuni jurnalistlarga Putin bilan telefon orqali suhbatdan söng “juda ğazablanganini” aytgandi. Uning sözlariga köra, Rossiya prezidenti suhbat çoğida Ukraina dronlari uning “Valday”dagi qarorgohiga hujum qilganini bildirgan. Trampdan AQŞda bunday hujum sodir bölgani haqida dalillar mavjudmi, degan savol berilganida, u şunday javob bergan:
“Siz, balki, hujum sodir bölmagandir deb aytmoqçisiz, menimça, bölişi mumkin, lekin prezident Putin bugun ertalab menga bu sodir bölganini aytgandi”, degan u.