Rossiya mağlubiyatga çiday olmayapti – Ukraina mulozimi
Rossiya jang maydonida muvaffaqiyatga erişa olmayotgani sababli Ukrainadagi tinç aholiga qarşi hujumlarni kuçaytirmoqda. Moskva şu orqali Ukraina jamiyatini beqarorlaştiriş va xalqaro hamkorlarni qörqitib, Ukrainaga yordamni kamaytirişga urinmoqda. Bu haqda Ukraina Taşqi işlar vaziri örinbosari Maryana Betsa malum qildi.
Uning sözlariga köra, Rossiyaning strategiyasi özgarmagan, biroq taktikasi özgargan. Rossiya dron va ballistik raketalar yordamida Ukrainaga har kuni hujum qilmoqda. Mamlakatda bir sutkada 15–20 marta havo hujumi haqida ogohlantiriş elon qilinmoqda.
Şuningdek, Betsa Ukrainaga ballistik raketalarga qarşi mudofaa imkoniyatlarini kuçaytiriş va havo mudofaasi uçun tutuvçi raketalar yetkazib beriş zarurligini takidlagan. Uning aytişiça, Rossiya Ukrainadagi tutuvçi raketalar yetişmasligidan foydalanib, kuz-qiş mavsumi oldidan hujumlarni kuçaytirmoqda.
“Hamkorlarimizdan havo mudofaasini kuçaytiriş va tutuvçi raketalar yetkazib berişda barça imkoniyatlarini işga solişni söradik. Bu birinçi darajali vazifa”, degan u.
Betsa, şuningdek, Rossiyaning bosib olingan hududlaridagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyat, öğirlab ketilgan ukrainalik bolalar, Rossiyada noqonuniy uşlab turilgan harbiy asirlar va tinç aholi masalalariga etibor qaratgan.
U Zaporoje atom elektr stantsiyasidagi vaziyat ham xavotirli ekanini aytib, yadroviy falokatning oldini oliş uçun obektga xalqaro monitoring va kiriş imkoniyatini taminlaş zarurligini bildirgan.
Bundan taşqari, u Ukraina xalqaro hamkorlarini Rossiya Davlat Dumasi saylovlarini, jumladan, vaqtinça bosib olingan hududlarda ötkaziladigan saylovlarni tan olmaslikka çaqirgan.
“Rossiyadan qörqiş kerak emas. Hamkorlarimiz va Ukraina imkon qadar birlaşgan bölişi kerak”, degan Betsa.
Uning takidlaşiça, Moskva boşqa davlatlarning qörquvlarini biladi va ulardan öz manfaatlari yölida foydalanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Ukrainada töliq va zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqirgan edi.