“Dron armiyasi evaziga Patriot”: Fyodorov AQŞga taklif bilan çiqdi
Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov AQŞga dron armiyasini yaratişda yordam berişni taklif qildi. Buning evaziga Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlari uçun tutuvçi raketalar yetkazib berilişini istamoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Naşrga köra, Fyodorov AQŞga dron armiyasini yaratişda yordam berişga tayyorligini, buning evaziga Ukrainaga Patriot tizimlari uçun raketalar yetkazib berilişi kerakligini aytgan.
“Men AQŞga dron armiyasini yaratişda yordam berişdan juda mamnun bölardim – ayniqsa Patriot tizimlari uçun tutuvçi raketalar evaziga. Şunda biz bu qişdan omon çiqişimiz mumkin”, degan u.
Sobiq vazir, şuningdek, boşqa hamkor davlatlarda, jumladan Frantsiya va AQŞda mudofaa masalalari böyiça maslahatçi bölişni rejalaştirayotganini bildirgan.
Qayd etilişiça, Fyodorov AQŞ investitsiyalarini mudofaa texnologiyalari jamğarmasiga jalb qiliş böyiça ham muzokaralar olib bormoqda. Uning sözlariga köra, jamğarma jang maydoni uçun yangi qurollar va ilğor texnologiyalarni işlab çiqadigan kompaniyalarni qöllab-quvvatlaydi.
Bundan taşqari, sobiq vazir Rossiya uruşni yana ikki-uç yil davom ettirişi mumkin, deb hisoblamoqda.
Malumot uçun, Mixail Fyodorov 1991 yil 21 yanvarda Ukrainaning Zaporoje viloyatida tuğilgan. U 2019 yildan Ukraina raqamli transformatsiya vaziri va boş vazir örinbosari bölib işlagan. 2026 yil yanvarda mudofaa vaziri etib tayinlangan, iyul oyida esa lavozimidan ozod qilingan edi. Hozirda u Italiya mudofaa vazirining maslahatçisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov mamlakatning Rossiyaga qarşi uruş olib boriş yondaşuvini tanqid qilib, Ukraina hukumatida uruşda qanday ğalaba qozoniş böyiça yagona qaraş mavjud emasligini aytgan edi.